Institut Akademik litsey pedagog-xodimlari bilan profilaktik suhbat o‘tkazildi

Andijon davlat texnika instituti Talabalar orasida ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlashga mas’ul bo‘lgan rektor maslahatchisi A.Normurotov,
institutning Korrupsiyaga qarshi kurashish “komplaens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi bosh mutaxassisi Sh.Ruziyevlar tomonidan 2025-yil 8-aprel kuni institut huzuridagi Akademik litsey pedagog-xodimlari bilan profilaktik suhbat o‘tkazildi.
Pedagogik jamoa faoliyati, shu jumladan qonun ustuvorligini ta’minlash, korrupsion holatlar, manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish, huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirishga qaratilgan choralar batafsil muhokama qilindi.
Ishtirokchilarga har bir huquqbuzarliklar, korrupsiyaviy yoki manfaatlar to‘qnashuvi holatlari uchun javobgarlik muqarrarligi eslatib o‘tildi.
👉https://web.andmiedu.uz✅
👉https://t.me/andmi_antikorr✅