• +99874 223-43-67

info@astiedu.uz

Andijon Davlat Texnika Instituti
TARIXI

Institutning qisqacha tarixi

Andijon davlat texnika instituti - Andijon viloyatida joylashgan oliy oʻquv yurtlaridan biri. Institut 1976 yilda Toshkent xalq xoʻjaligi institutining (hozirgi Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti) Andijon filiali sifatida tashkil etilgan. Institut mustaqil institut sifatida 1992 yildan buyon (dastlab Andijon iqtisodiyot va boshqaruv instituti nomi, keyinchalik boshqa nomlar bilan) faoliyat yuritib kelmoqda.

  1. Oliy oʻquv yurti 1976 yilda Toshkent xalq xoʻjaligi institutining (hozirgi Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti) Andijon filiali sifatida tashkil etilgan. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1991 yil 6 iyundagi farmoni bilan Toshkent xalq xoʻjaligi instituti Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti etib qayta tashkil etilgan.
  2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1992 yil 28 fevraldagi 217-son farmoniga muvofiq Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining Andijon filiali negizida Andijon iqtisodiyot va boshqaruv instituti tashkil etilgan.
  3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 3-iyundagi 211-son "O‘zbekiston Respublikasi oliy o‘quv yurtlari tizimini takomillashtirish to‘g‘risida"gi qarori bilan havola, Andijon iqtisodiyot va boshqaruv instituti hamda Andijon eksperimental o‘quv-ishlab chiqarish markazi negizida Andijon muhandislik-iqtisodiyot instituti tashkil etilgan.
  4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 20-maydagi "Oliy ta’lim muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi № PP-1533-son Qarori (havola) hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 25-iyuldagi "Andijon муҳандислик-иқтисодиёт институтини Andijon mashinasozlik institutiga aylantirish to‘g‘risida"gi qarori (havola 1, havola 2) asosida Andijon муҳандислик-иқтисодиёт институти Andijon mashinasozlik institutiga aylantirildi.
  5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 18-noyabrdagi «Andijon davlat texnika institutini tashkil etish toʻgʻrisida»gi PP-396-sonli qarori bilan (havolag) Andijon mashinasozlik instituti, Andijon iqtisodiyot va qurilish instituti hamda Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat instituti Andijon fakulteti negizida Andijon davlat texnika instituti tashkil etildi.

2025 yilga kelib institutda 33 mingdan ziyod mutaxassis tayyorlandi.

Institutda ta’lim jarayoni Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2020 yil 30 iyundagi 357-sonli buyrug‘i hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 31 dekabrdagi 824-son Qarori bilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim muassasalarida o‘quv jarayoniga kredit-modul tizimini joriy etish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga asosan 2020/2021 o‘quv yilidan kredit-modul tizimi asosida tashkil etilgan.

Institutning rasmiy manzili: 170019, O‘zbekiston Respublikasi, Andijon viloyati, Andijon shahri, Bobura shoh ko‘chasi, 56-uy.
E-mail: info@astiedu.uz

Andijon davlat texnika instituti haqida umumiy ma’lumotlar

OTMning to‘liq nomi Andijon davlat texnika instituti
ОТМning statusi Davlat OTM
Tashkil topish sanasi (nomlanishi, qayta nomlanishi) 1976 yil, Toshkent xalq xo‘jaligi instituti Andijon filiali
1992 yil, Andijon iqtisodiyot va boshqaruv instituti
1995 yil, Andijon muhandislik-iqtisodiyot instituti
2011 yil, Andijon mashinasozlik instituti
2024 yil, Andijon davlat texnika instituti
Web-sayt https://web.astiedu.uz
Faks 74-223-43-67
E-mail info@astiedu.uz
Davlat akkreditatsiyasi 2022 yil 30 dekаbrь
Joylashishi 170019, O‘zbekiston Respublikasi, Andijon viloyati, Andijon shahri, Bobura shoh ko‘chasi, 56-uy
Rektor v.v.b. Aliev Suxrob Rayimjonovich - fizika-matematika fanlari falsafa doktori (PhD), dotsent
Litsenziya (me’yoriy hujjat) № 60
Talabalar soni (kunduzgi, sirtqi) 10745
Professor-o‘qituvchilar soni 500
Ta’lim berish muddati Bakalavr - 4 yil, magistratura – 2 yil

Oliy oʻquv yurtining missiyasi

Andijon davlat texnika institutining missiyasi – bu Andijon viloyati iqtisodiyoti, jumladan avtomobilsozlik, elektrotexnika, energetika, to‘qimachilik sanoati, mashinasozlik, qurilish va sanoatning boshqa tarmoqlari uchun kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish, mavjud resurslardan samarali foydalanish va oliy ta’lim muassasasining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash asosida zamonaviy bilim va amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lgan mutaxassislar tayyorlashni ta’minlashdir

Oliy o‘quv yurti rahbariyati, qaror qabul qiluvchi organlari, oliy o‘quv yurtining tashkiliy tuzilmasi. Oliy o‘quv yurtining veb-sahifasidagi organogrammaga havola. https://web.astiedu.uz

Andijon davlat texnika instituti oʻz tuzilmasida 7 ta fakultet, 18 ta kafedraga ega.

Andijon davlat texnika instituti to‘g‘risidagi ma’lumotlar

  • Amalga oshirilgan dasturlar soni (I va II daraja): 48 ta bakalavriat yo‘nalishi, ulardan 21 ta yo‘nalish bo‘yicha bitiruvchilar mavjud. 25 ta magistratura mutaxassisligi bo‘yicha 16 ta yo‘nalishda bitiruvchilar mavjud.
  • Doktorlik tadqiqotlari soni: 134 ta
  • Doktoranturadagi ixtisosliklar soni: 23 ta
  • Talabalar soni: Institutda jami 10 745 nafar talaba.
    • 48 ta bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha kunduzgi bo‘limda - 4 418 nafar
    • Sirtqi bo‘limda - 6 033 nafar
    • Kechki bo‘limda - 159 nafar
    • 25 ta magistratura bo‘yicha - 135 nafar
  • Xorijiy talabalar soni: 6 nafar
    • 3 nafar - Tunisdan
    • 2 nafar - Qirg‘izistondan
    • 1 nafar doktorant - Efiopiyadan
  • Xodimlar soni: 880 nafar
    • O‘qituvchilar: 502 nafar (420 nafari asosiy shtatda, 82 nafari o‘rindoshlik asosida)
    • Ilmiy daraja va unvonga ega professor-o‘qituvchilar: 146 nafar
      • Fan doktorlari: 15 nafar (3.0%)
      • Fan nomzodlari / PhD: 131 nafar (26.1%)
    • Ilmiy salohiyat: 29%
    • Fan doktorlarining o‘rtacha yoshi: 61 yosh
    • Fan nomzodlarining o‘rtacha yoshi: 34 yosh
  • Reytingdagi o‘rni:
    • Milliy reytingda: 19-o‘rin (120 ta OTM orasida, 2022)
    • UI Green Metric World University Ranking: 479-o‘rin (2024)

Sayt haqida

Saytdagi ma'lumotlar uchun mualliflar javobgar. Har qanday foydalanish saytga ochiq havola ko‘rsatish sharti bilan ruxsat etiladi. Internet nashrlar ma'lumot ko‘chirganda, qidiruv tizimlari uchun erkin va ochiq havola qo‘yishi shart, havola qisman yoki to‘liq foydalanilganda ham ko‘rsatilishi lozim.