Ma'lumotlar
Mehnat muhofazasi
Andijon mashinasozlik instituti Ilmiy Kengashining 2018-yil 25-oktabrdagi 2-sonli yig‘ilishida “Texnologik mashinalar va jihozlar” kafedrasi qoshidagi “Hayot faoliyati xavfsizligi” yo‘nalishi alohida yangi “Hayot faoliyati xavfsizligi” kafedrasi bo‘lib ajralib chiqdi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-dekabrdagi PQ-60 va PQ-61-sonli qarorlariga asosan Kuzatuv kengashi bilan kelishilgan holda hamda Andijon mashinasozlik instituti Kengashining 2022-yil 31-avgustdagi 1-sonli yig‘ilish muhokamasiga asosan institut rektori tomonidan tasdiqlangan institut va fakultetlarning 2022-2023-o‘quv yili uchun tuzilmasiga asosan 524-k-sonli buyruq bilan “Transport va logistika” fakulteti tarkibidagi “Hayot faoliyati xavfsizligi” kafedrasi “Mehnat muhofazasi” kafedrasiga o‘zgartirildi. Hozirda kafedra mudiri bo‘lib t.f.n., dotsent N.J.Qobulova rahbarlik qilmoqda.
Raximov Akmal Alisherovich
PhD, Dotsent
Ko‘chqarova Cho‘lpanoy Xabibullayevna
PhD, Dotsent
Xodjakulov Muxtorjon Nazarqulovich
Katta o‘qituvchi
Qodirov Xamidullo Madaminovich
Dotsent
Latibov Shoxrux Maxamadyusuf o‘g‘li
Katta o‘qituvchi
Jumanova Maxsudaxon Sattarovna
Katta o‘qituvchi
Aliboyev Maxamadillo
Katta o‘qituvchi
Jalilov Axmadbek Ikromjon o‘g‘li
Katta o‘qituvchiTez orada !
Kafedraning ilmiy-tadqiqot faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari:
1. Sanoat korxonalari chiqindilarini xavfsiz qayta ishlash va sanoat korxonalarida chiqindisiz texnologiyalarni joriy etish yo‘nalishlarida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish.2. Ekologiyani yaxshilash va sifatli ekologik toza mahsulotlar ishlab chiqarish, korxonalar uchun ekologik me’yorlarni ishlab chiqish yo‘nalishlarida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish.
3. Aholini FVVda harakat qilishga tayyorlash va fuqaro muhofazasi sohasida tadqiqot ishlarini olib borish.
Kafedra yutuqlari:
2020-2025 yillar davomida 4 ta tayanch doktorant va 1 ta doktorlik dissertatsiyasi himoya qilishga erishildi.So‘nggi 3 yilda kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan 5 ta darslik, 10 ta o‘quv qo‘llanmalar, 24 ta monografiya chop etildi, 3 ta patent, 27 ta dasturiy ta’minotga mualliflik guvohnomalari olindi. Professor o‘qituvchilar tomonidan 227 ta xalqaro maqolalar, 195 ta Respublika ilmiy jurnallarda hamda 400 ga yaqin xalqaro va respublika ilmiy konferensiyalarida maqolalar chop etildi.
Kafedra professor - o‘qituvchilari tomonidan xorijiy ilmiy tadqiqot markazlari grantlari va xorijiy ilmiy fondlari buyurtmalari hisobiga – 27 022 $ va 756 251,61 €, sohalar buyurtmalari va xo‘jalik shartnomalari asosida – 113,5 mln. so‘m ishlab topildi.
Kafedrada 3 ta xorijiy davlatlar oliy ta’lim muassasalari, jumladan Rossiya xalqlar do‘stligi universiteti (RUDN), Sibir federal universiteti, Bishkek davlat texnika universiteti, O‘sh texnologiyalar universiteti, M.Auezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston universiteti, Turkmaniston davlat energetika instituti, Portugaliyaning Viana-du-Kastelo politexnika instituti (IPVC), Aveiro universiteti (Portugaliya), Vigo universiteti (Ispaniya) va Galisiya universiteti korxonalari jamg‘armasi (FEUGA) bilan o‘zaro hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yilgan va bu bo‘yicha ishlar davom etmoqda.
2021-2022 o‘quv yilida kafedra qoshida “EKOXFX” ilmiy markazi va “Invitro” biotexnologik laboratoriyasi tashkil etildi. “Invitro” laboratoriyasi uchun 230 mln so‘mlik jihozlar olib kelib o‘rnatildi. “Gazoxromotograf” laboratoriyasi uchun 265 mln so‘mlik jihozlar olib kelindi.
2024-2025 o‘quv yilida Erasmus loyihasi doirasida “Muhandislik ekologiyasi” mutaxassisligi bo‘yicha magistratura va bakalavr yo‘nalishi ochilishi munosabati bilan “Ekologiya” ilmiy laboratoriyasi uchun 25 000 € miqdorida jihozlar olib kelindi.