Ma'lumotlar
Tillar va gumanitar fanlar
Kafedra 1980-yilda tashkil topgan. Dastlab “Marksizm – leninizm”,
so‘ngra “Politologiya va sotsiologiya”, “Siyosatshunoslik va huquq”,
1998 yildan “O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va
amaliyoti”, 2011 yil 16 avgustdan “Ijtimoiy fanlar”, 2019 yil 16
fevraldan “Gumanitar fanlar” kafedrasi nomi bilan faoliyat ko‘rsatmoqda.
Birinchi kafedra mudiri tarix fanlari nomzodi, dotsent Niyozov Salim
Vasilovich, ikkinchi kafedra mudiri falsafa fanlari doktori, professor
Begmatov Abdullajonlar edi.
“O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti”
kafedrasi O‘zbekiston Respublikasi Oliy va O‘rta Maxsus ta’lim
vazirligining 1998 yil 5 dekabrdagi 343-sonli buyrug‘iga asosan
“Siyosatshunoslik va huquq” kafedrasi negizida tashkil topgan.
1998 yildan 2006 yilgacha kafedrani politologiya fanlari doktori,
professor Bahodir Karimovich Iminov boshqargan.
Institut rektorining 2011 yil 30 oktyabrdagi №244-sonli “Institut
tarkibiga o‘zgartirish kiritish haqida” gi buyrug‘iga asosan “Ijtimoiy
fanlar” kafedrasining tarkibiga “Iqtisodiyot nazariyasi” kafedrasi
qo‘shildi. Kafedra mudiri etib falsafa fanlari nomzodi, dotsent Nazarov
Muhitdin tayinlandi.
2006-yildan, 2012-yilgacha kafedrani falsafa fanlari nomzodi, dotsent
Nazarov Muhitdin boshqargan.
Institut rektorining 2018 yil 22 dekabrdagi 573-sonli buyrug‘iga asosan
“Ijtimoiy fanlar” va “O‘zbekiston tarixi” kafedralarining faoliyati
tugatilib, yangi “Gumanitar fanlar” kafedrasi tashkil etildi. Kafedra
mudiri etib iqtisod fanlari nomzodi, dotsent Bazarova Gulnora Gulamovna
tayinlandi.
2012 yilning 21 fevralidan 2019 yil 3 iyuligacha kafedrani iqtisod
fanlari nomzodi, dotsent Bazarova Gulnora Gulyamovna boshqargan.
Institut rektorining 2020 yil 30 iyundagi 263-sonli buyrug‘iga asosan
“Muhandislik pedagogikasi va psixologiyasi” kafedrasi tugatilib,
tarkibidagi fanlar va professor-o‘qituvchilar “Gumanitar fanlar”
kafedrasi tarkibiga kiritilgan. Kafedra mudiri etib iqtisod fanlari
doktori, professor Muftaydinov Qiyomidin tayinlangan.
2019 yilning 5 iyulidan 2021 yil 16 martigacha kafedrani iqtisod fanlari
doktori, professor Muftaydinov Qiyomidin boshqargan.
2021 yilning 23 martidan 2023 yil 13 fevraligacha kafedrani pedagogika
fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent Sirojiddinova Iroda
Maxammadovna boshqargan.
2023 yilning 15 fevralidan 2023-yil 13-sentabrgacha kafedrani falsafa
fanlari nomzodi, dotsent Karimova Muyassarxon Abduqayumovna boshqargan.
2023-yil 14 sentabrdan 2025-yil 13-mart fevraligacha kafedrani
pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent Sirojiddinova
Iroda Maxammadovna boshqargan.
2024-yil 18-noyabrdagi PQ-396-songa asosan Andijon mashinasozlik
instituti, Andijon iqtisodiyot va qurilish instituti hamda Toshkent
to‘qimachilik va yengil sanoat institutining Andijon fakulteti negizida
Andijon davlat texnika instituti tashkil etildi. Shu sababli Andijon
mashinasozlik instituti negizida bo‘lgan “O‘zbek tili va adabiyoti”,
“Gumanitar fanlar” va Andijon iqtisodiyot va qurilish institutida mavjud
bo‘lgan “O‘zbek tili va ijtimoiy fanlar” kafedralari birlashtirilib
“Tillar va gumanitar fanlar” kafedrasi tashkil etildi.
2025-yil 18 fevraldan 2025-yil 13-martgacha kafedrani pedagogika
fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent Sirojiddinova Iroda
Maxammadovna boshqargan.
2025-yil 13-martdan shu kunga qadar tarix fanlari bo‘yicha falsafa
doktori (PhD), dotsent Xakimov Abdumuxtor Abduxalimovich boshqarib
kelmoqda.
Kafedrada jami 55 nafar professor-o‘qituvchilar faoliyat ko‘rsatayotgan
bo‘lsa, ularning 1 nafari professor, 8 nafari dotsent, 13 nafari katta
o‘qituvchilar va 19 nafari assistentlar, 14 nafari
o‘qituvchi-stajyorlardan iboratdir.
Abdullaеv Ulugbеk Saydanovich
Professor
Nazarov Muxitdin o‘g‘li
Dotsent
Aripova Zulfiyaxon Solijonovnah
Dotsent
Maqsudova Xolisxon Ummatova
PhD, Dotsent
Boboeva Gulnozaxan Latibjonovna
PhD, Dotsent
Ergashev Ozodbek Shavkatovich
Katta o‘qituvchi
Raxmonova Dilnura Saidovna
PhD, Dotsent
Yakubova Barnoxon Baxtiyorovna
Katta o‘qituvchi
Kаfedrаdа quyidagi fanlari o‘qitiladi:
1. Kasbiy psixologiya2. Falsafa
3. O‘zbekistonning eng yangi tarixi
4. Boshqaruv psixologiyasi
5. Dinshunoslik
6. Akademik ko'nikmalar va kasbiy kompetentlik
7. Maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi (magistratura)
8. Muhandislik falsafasi
9. Muhandislik psixologiyasi
10. Tibbiyot psixologiyasi va etikasi
11. Umumiy pedagogika va psixologiya
12. Qurilishda axborot texnologiyalari
13. Iqtisodiyotda axborot kommunikatsion texnologiyalari va tizimlari
14. Texnik tizimlarda axborot texnologiyalari
15. Xorijiy til
16. Rus tili
17. Akademik yozuv
18. O’zbek tili
19. Amaliy ingliz tili
Kafedraning asosiy faoliyat yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:
• O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 24-yanvardagi 7-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan ish rejasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash;• 2025-yil oktyabr oyida otkazilishi rejalashtirilayotgan “Zumonaviv lingvistik tadqiqotlar, xorij iy tajribalar va istiqbolli izlanishlar” mavzusidagi xalqaro miqyosdagi ilmiy-amaliy anjuman;
• Kafedrada ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirish samaradorligini oshirish, xo‘jalik shartnomalar sonini oshirish, kafedrada chop etilgan ilmiy ishlar sonini ko‘paytirish;
• Rivojlangan mamlakatlar ilmiy markazlari va oliy o‘quv yurtlarida o‘zaro hamkorligidagi shartnomalar asosida stajirovkalarga borish, chet el oliy ta’lim muassasalarida faxriy professor unvonini olish va chet eldan professor o‘qituvchilarni jalb qilish hamda xorijiy OTMlarda ma’ruzalar o‘tib berish;
• Kafedra tomonidan Xalqaro yoki Respublika miqyosida ilmiy-amaliy konferensiya yoki Institut miqyosida kafedra yo‘nalishi ilmiy-tadqiqot mavzusidan kelib chiqib seminar (simpozium, forum) o‘tkazish;
• Kafedraning ilmiy-tadqiqot ishlarining yillik va istiqbol rejalarini tuzish, ularni bajarilishini tashkillashtirish, o‘rnatilgan tartiblar asosida hisobotlar tayyorlash;
• Kafedra professor-o‘qituvchilarini chet el va davlat grantlari, xo‘jalik shartnomalari asosidagi tadqiqotlarga jalb etish, kafedralarda yaratilayotgan ilmiy ishlanmalarni xalq xo‘jaligiga tatbiq etilishi, innovatsion yarmarkalarda faol ishtirok etish;
• Kafedraning yosh olimlari, iqtidorli talabalari va magistrantlarini fan olimpiadalari, stipendiya tanlovlari va boshqa turli ilmiy tanlovlarda faol ishtirokini ta’minlash hamda ularni bu jarayonga maqsadli tayyorlashni tashkillashtirish. Iqtidorli yoshlarni fan olimpiadalari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, nomli davlat hamda institut rektori va atoqli olimlar nomli stipendiyalariga faol ishtirokini ta’minlash;
• Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan monografiyalar chop etish;
• Kafedra professor-o‘qituvchilarining ilmiy salohiyati oshirish, iqtiboslik soni va «Hirsh» indeksi (h-indeks) 5 va undan yuqori bo‘lgan professor-o‘qituvchilar sonini ko‘paytirish;
• Kafedra professor-o‘qituvchilarini ilmiy daraja yoki ilmiy unvon olish samaradorligini oshirish;
• Kafedra professor-o‘qituvchilarining xalqaro ilmiy bazalardan foydalanish, ilmiy-tadqiqotlarni olib borish, ilmiy maqolalarni chop etish bo‘yicha ishlarni tashkil etish;
• Kafedra tadqiqotchilarini yil yakuni bo‘yicha ilmiy seminarini o‘tkazish va bayonnoma orqali rasmiylashtirib, monitoring o‘tkazish komissiyasiga har bir tadqiqotchining ilmiy-tadqiqot ishlarining natijalari to‘g‘risida xulosa berish;
• Kafedra professor-o‘qituvchilarining xalqaro ilmiy bazalardan foydalanish, ilmiy-tadqiqotlarni olib borish, ilmiy maqolalarni chop etish bo‘yicha ishlarni tashkil etish;
• Kafedra professor-o‘qituvchilari ResearchGate, Academia.edu, Scopus, Google scholar bazalaridan ro‘yxatdan o‘tishlarini ta’minlash va uzluksiz monitoringini yuritish;
• Kafedra professor-o‘qituvchilari stajirovka va malaka oshirishini xorijiy OTM tashkil etish;
Kafedra jamoasi oldida hozirda zamonaviy o‘quv, o‘quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot, ma’naviy-ma’rifiy ishlarni olib borish vazifasi qo‘yilgan. Hozirda kafedrada 1 nafar professor, 2 nafar fan nomzodi, 7 nafar (PhD), 13 nafar katta o‘qituvchi, 16 nafar assistant, 5 nafar o‘qituvchi-stajyorlar faoliyat olib bormoqdalar.