Biz bilan bog'lanish
Quyidagi kontakt ma'lumotlari yordamida biz bilan bog'lanishingiz mumkin.
Bog'lanish uchun ma'lumot
- +99874 223-43-67
- info@astiedu.uz
- 170119, Andijon shahar, Baburshox ko'chasi 56
Savolingiz bormi?
Boshqa kafedralar
- Avtomobilsozlik va transport
- Umumtexnika fanlar
- Transport logistikasi
- Mashinasozlik texnologiyasi
- Texnologik mashinalar va jihozlar
- Mehnat muhofazasi
- Elektr muhandisligi
- Muqobil energiya manbalari
- Axborot texnologiyalari
- Tillar va gumanitar fanlar
- Kimyo va kimyo muhandisligi
- Iqtisodiyot
- Metrologiya va yengil sanoat
- Materialshuonslik
- Arxitektura va gidrotexnika
- Qurilish muhandisligi
- Mashinasozlik ishlab chiqarishni avtomatlashtirish
- Buxgalteriya hisobi va menejment
Avtomobilsozlik va transport

«Avtomobilsozlik va transport»
kafedrasi tarixi 1996-yilda Toshkent davlat texnika universiteti Andijon
filiali tarkibida tashkil etilgan “Transport vositalaridan foydalanish”
kafedrasidan boshlanadi. O‘zbekiston Respublikasi “Uzavtosanoat”
uyushmasi va Andijon muhandislik-iqtisodiyot instituti tashabbuslari
bilan institut Ilmiy Kengashining 1996-yil 31 avgust 1-sonli qarori va
institut rektorining 1996-yil 2-sentyabr 591 “a” sonli buyrug‘iga binoan
“Transport vositalarini ishlatish va ta’mirlash” nomi bilan qayta
tashkil
etilgan. Institut Ilmiy Kengashining 1999-yil 30 avgust 1-sonli qarori
va
rektorning 1999-yil 3 sentabr 629-sonli buyrug‘iga asosan kafedraning
nomini
davlat standartiga monand qilish maqsadida unga 2011-yil 20-maydagi
O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining “Oliy ta’lim muassasalarining” moddiy-texnik
bazasini
mustahkamlash va yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash sifatini
tubdan
yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risidagi PQ-1533-sonli qaroriga asosan
Andijon
muhandislik-iqtisodiyot instituti Andijon mashinasozlik institutiga
aylantirishi
to‘grisida”gi 2011-yil 25-iyundagi 214-son qarori, O‘zbekiston
Respublikasi Oliy
va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2011-yil 29-iyuldagi 319-sonli
buyrug‘i,
Andijon muhandislik-iqtisodiyot instituti Ilmiy kengashining 2011-yil 3
avgust
10-sonli bayonnomasi hamda institut rektorining 2011-yil 3-avgustdagi
545-sonli
buyrug‘ini ijrosini ta’minlash maqsadida, institut rektorining 2011-yil
15-avgustdagi
563-sonli buyrug‘i bilan kafedraga “Yer usti transport tizimlari” nomi
bilan atalib,
Kafedra institut rektorining 2014-yil 1-fevraldagi 45-K sonli buyrug‘i
bilan “Avtomobilsozlik”
kafedrasi nomi bilan “Yer usti transport tizimlari” kafedrasidan ajralib
chiqqan. 2014-yil 1-fevraldan
“Avtomobilsozlik” kafedrasi nomi bilan “Yer usti transport tizimlari”
kafedrasidan
ajralib chiqdi. Kafedra institut rektorining 2024-yil 1-noyabrdagi 818-K
sonli buyrug‘iga
asosan “Avtomobilsozlik va transport” kafedrasi tashkil etilgan. Kafedra
“Avtomobilsozlik
va transport” fakulteti Avtomobil servisi o‘quv binosining 2-qavatida
joylashgan. Kafedraga
2023 yil avgust oyidan boshlab D. Moydinov mudirlik qilmoqda.
Kafedra jamoasi oldida zamonaviy avtomobilsozlik sohasidagi yetuk
bakalavr
va magistrlar tayyorlash, o‘quv, o‘quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot,
ma’naviy-ma’rifiy
ishlarni olib borish vazifasi qo‘yilgan. Hozirda kafedrada 2 nafar
professor, 2 nafar fan nomzodi,
7 nafar (PhD), 5 nafar katta o‘qituvchi, 12 nafar assistentlar faoliyat
olib bormoqda. Kafedraning
ilmiy saloxiyati o‘rindoshlar bilan birgalikda 36 %. Kafedra tomonidan
yuritilayotgan 22 jilddan iborat
ish yuritish xujjatlari o‘z vaqtida va sifatli tarzda olib borilmoqda.
Avtomobilsozlik va traktorsozlik yo‘nalishlari talabalari uchun:
1. Yo‘naliga kirish2. Komyuterli loyihalash
3. Avtomobil qismlarini bosim ostida ishlab chiqarish va payvandlash texnologiyasi
4. Zamonaviy polimer materiallar va tribologiya
5. Avtomobil va traktorlar ALT, ergonomikasi va dizayni
6. Ichki yonuv dvigatellari nazariyasi va dinamikasi asoslari
7. Avtomobillar nazariyasi
8. Avtomobillar va traktorlarni sinash asoslari
9. Avtomobil qismlarini yig‘ishda zamonaviy texnologiyalar
Avtomobilsozlik va traktorsozlik mutaxassisliklari talabalari uchun:
1. Avtomobillar va traktorlar nazariyasi va ALT2. Avtomobillar va traktorlar dinamikasi
3. Avtomobil konstruksiyasiga qo‘yiladigan xalqaro talablar
4. Avtomobillar va traktorlar konstruksiyasi texnologiya bopligi
5. Eksperimentni rejalashtirish va uning natijalarini statistic tahlili
6. Avtomobillar va traktorlarni avtomatlashtirish
Kafedraning asosiy faoliyat yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:
• rivojlangan demokratik davlatlar darajasidagi yuksak ma’naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash;
• kafedra yo‘nalishlari va mutaxassisliklari bo‘yicha davlat ta’lim standartlari, o‘quv rejalari va dasturlarini rivojlangan xorijiy mamlakatlarning ta’lim dasturlari bilan qiyosiy tahlilini muntazam ravishda olib borish takomillashtirish;
• kafedra fanlari bo‘yicha ishlab chiqarish korxinalari talablari asosida o‘quv dasturlarni ishlab chiqish va belgilangan tartibda tasdiqqa taqdim etish, shuningdek turdosh kafedralar tomonidan tayyorlangan o‘quv dasturlarga taqriz va xulosalar tayyorlash;
• Tayanch oliy o‘quv yurtlari professori–o‘qituvchilari va ishlab chiqarishdan mutaxassislar hamkor hamda darslik, monografiya, o‘quv, uslubiy va ko‘rgazmali qo‘llanmalar tayyorlash, qayta nashr etiladigan darslik, o‘quv qo‘llanma va o‘quv-uslubiy adabiyotlar, shu jumladan xorijiy olimlar bilan hammualliflikda yaratilgan adabiyotlarga xulosalar tuzish;
• o‘quv shakllari (ishlab chiqarishdan ajralgan) bo‘yicha oliy ta’limning davlat ta’lim standartlariga muvofiq tuzilgan o‘quv rejalaridagi fanlar bo‘yicha belgilangan mashg‘ulot turlarini yangi zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida yuksak nazariy, ilmiy-uslubiy va kasbiy darajada o‘tkazish, ta’lim sifatini ta’minlash;
• talabalarning mustaqil va kurs ishlariga hamda ilmiy-tadqiqot ishlariga rahbarlik qilish; – talabalar bilimining reyting nazoratini joriy etish, talabalarning auditoriyadan tashqari ishlarini tashkil etish bo‘yicha tadbirlar o‘tkazish;
• iqtidorli talabalarni tanlash va ularni tarbiyalash, olimpiada va tanlovlarda, shu jumladan “Iste’dod” jamg‘armasi tanlovida ishtirok etishga tayyorlash, talabalarning mustaqil ishlash shakl va uslublarini takomillashtirish bo‘yicha choralar ko‘rish;
• talabalar ilmiy-ijodiy faoliyatini tizimli asosda tashkil etish, iqtidorli talabalarni ishlab chiqarish korxonalari bilan hamkorlikdagi ilmiy-tadqiqotlarga jalb etish, ilmiy-tadqiqot ishlarini individual va jamoa bo‘lib bajarishga o‘rgatish, ularning ilmiy-ijodiy faoliyatini ro‘yobga chiqarish uchun zarur tashkiliy, uslubiy shart-sharoitlar yaratish;
• tasdiqlangan rejaga muvofiq ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish, tugallangan ilmiy-tadqiqot ishlarini muhokama etish, nashr etishga tavsiya berish va ularning natijalarini ishlab chiqarishga joriy etish, ta’lim, fan va ishlab chiqarishning samarali integratsiyasini ta’minlash;
• kafedra o‘qituvchilarining shaxsiy ish rejalaridagi o‘quv, ilmiy- uslubiy, ilmiy-tadqiqot, ma’naviy-ma’rifiy va tashkiliy-uslubiy ishlarini ko‘rib chiqish, tajribali o‘qituvchilar faoliyatini o‘rganish, umumlashtirish va ilg‘or tajribalarini ommalashtirishga qaratilgan ishlarni tashkil etish;
• zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanishni boshlagan yosh o‘qituvchilarga pedagogik malaka va ko‘nikmalarni egallashda yordam berish, axborot bazasini yaratish, o‘quv mashg‘ulotlarida zamonaviy o‘quv-texnika vositalaridan, yakka tartibda o‘qitish va mustaqil ta’lim olish uslublaridan samarali foydalanishni yo‘lga qo‘yish, o‘qitishni zamonaviy kompyuter texnikalari bilan jihozlangan maxsus o‘quv auditoriyalarida tashkil qilish, masofali o‘qitish elementlarini rivojlantirish;
• ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash, kafedra mutaxassisligiga mos yoki turdosh ixtisosliklar bo‘yicha nomzodlik va doktorlik dissertatsiyalarni ilmiy seminarlarda muhokama qilish, ta’lim hujjatlarining me`yor talablariga javob berishini belgilash bo‘yicha ekspert guruhlari tarkibida ishtirok etish;
• byudjetdan tashqari mablag‘larni jalb etish, shuningdek, ilmiy- texnikaviy yordam ko‘rsatish maqsadida ishlab chiqarish korxonalari va boshqa xo‘jaliklar bilan aloqa o‘rnatish;
• kafedra ixtisosligi bo‘yicha mutaxassislar malakasini oshirishga yo‘naltirilgan tadbirlar o‘tkazish, ta’lim xizmati ko‘rsatish tizimini rivojlantirish;
• xorijiy ta’lim muassasalari bilan ta’lim sohasidagi hamkorlik aloqalarini rivojlantirish;
• talabalarning qiziqishlarini e’tiborga olgan holda turli mavzular, yo‘nalishlar va ixtisosliklar, kasb-hunar turlari bo‘yicha to‘garaklar tashkil qilish, kichik korxonalarda, talabalarni darsdan bo‘sh vaqtini unumli va foydali mehnat bilan band qilishga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirish;
• kafedrada o‘qitiladigan fanlardan laboratoriya ishlarini to‘liq va sifatli o‘tkazilishini ta’minlash, hamda kafedra laboratoriyalarini zamonaviy uskuna va qurilmalar bilan jihozlanishiga homiylarni keng jalb etish;
• institut axborot-resurs markazini kafedra ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklariga oid yangi o‘quv, ilmiy-texnikaviy va davriy adabiyotlar bilan uzluksiz to‘ldirib borish va yangilanishini doimiy nazorot qilish. Kafedra jamoasi oldida hozirda zamonaviy avtomobil sohasidagi yetuk bakalavr tayyorlash, o‘quv, o‘quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot, ma’naviy-ma’rifiy ishlarni olib borish vazifasi qo‘yilgan. Hozirda kafedrada 2 nafar professor, 2 nafar fan nomzodi, 7 nafar (PhD), 5 nafar katta o‘qituvchi, 12 nafar assistentlar faoliyat olib bormoqdalar
Tez orada !
Sayt haqida
Saytdagi ma'lumotlar uchun mualliflar javobgar. Har qanday foydalanish saytga ochiq havola ko‘rsatish sharti bilan ruxsat etiladi. Internet nashrlar ma'lumot ko‘chirganda, qidiruv tizimlari uchun erkin va ochiq havola qo‘yishi shart, havola qisman yoki to‘liq foydalanilganda ham ko‘rsatilishi lozim.