Yangi institutda kafedra mudirlari tanlovi o‘tkazildi

Andijon davlat texnika instituti O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 396-son qaroriga asosan rasman oֲ‘z faoliyatini 2025-yil 17-fevral kunidan boshladi.
Yangi institutning asosiy bo‘g‘inlaridan biri bo‘lgan kafedra mudirlarining tanlovlari joriy yil 10-mart kuni bo‘lib o‘tdi. Vazirlikning 2024-yil 6-dekabrdagi 458-sonli buyrug‘iga muvofiq viloyatning 4ta oliy ta’lim tashkilotlari vakillaridan iborat maxsus komissiya 18ta kafedradan 6tasiga alternativ tanlovlarni o‘tkazdi.
Mazkur tanlovlarda manfaatlar to’qnashuvi holatlarining oldini olish maqsadida komissiya tarkibida Korrupsiyaga qarshi kurashish “komplaens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘I ishtirok etdi. Jarayonning ochiqligi va shaffofligini ta'minlash uchun nomzodlarning taqdimotlari, komissya a’zolarining mohakamalari videotasvirga olindi. Natijada tanlov ishtirokchilaridan e’tirozlar qayd etilmadi.
👉https://web.andmiedu.uz✅
👉https://t.me/andmi_antikorr✅