Yangi fakultet pedagog-xoldimlari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Andijon davlat texnika institutida 2025-yil 12-mart kuni OTM nazorat tuzilmalari rahbarlarining yangi “Qurilish muhandisligi va arxitektura” fakulteti professor-o’qituvchilari va xodimlari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi, O‘quv-uslubiy boshqarma, Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi, Jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlash, nazorat va monitoring bo‘limi boshliqlari, institut huquqshunosi hamda Kasaba uyushma qo‘mitasi raisi ishtirok etishdi.
Ochiq muloqot va samimiy fikr almashuv ruhida o‘tgan uchrashuvda yangi institut faoliyatiga oid normativ-huquqiy hujjatlar mazmun-mohiyati tushuntirildi, o‘quv jarayonida sodir etilishi mumkin bo‘lgan qonunbuzarliklar, shu jumladan korrupsion holatlar, manfaatlar to‘qnashuvi alomatlari bo‘yicha o‘rganish tartiblari, aloqa vositalari va manzillari yetkazildi.
👉https://web.andmiedu.uz✅
👉https://t.me/andmi_antikorr✅