“Antikorrupsiya bilimdoni” bilimlar bellashuvi eloni
🏛Andijon davlat texnika institutida “Antikorrupsiya bilimdoni” bilimlar bellashuvi bo‘lib o‘tadi
📆 Sana: 2025-yil 4-dekabr
📍 Manzil: “Avtomobilsozlik va transport” fakulteti binosi
Hurmatli talabalar!
Korrupsiyaga qarshi kurashga oid bilimlaringizni sinovdan o‘tkazish, ijodkorlik va jamoaviy ishlash ko‘nikmalaringizni namoyon etish imkonini beruvchi “Antikorrupsiya bilimdoni” bellashuviga sizlarni taklif etamiz!
✅TANLOV BOSQICHLARI
1️⃣ Tanishtiruv
• Jamoa nomi va ijodiy taqdimoti
• Korrupsiyaga qarshi qat’iy pozitsiyani ifodalash
• Korrupsiyaning salbiy oqibatlarini ochiq yoritish
• Sahnadagi madaniyat va kreativ chiqish
2️⃣ Savol-javob
• Korrupsiyaga qarshi kurash sohasiga oid savollarga tezkor, aniq va asosli javob berish
3️⃣ Sahna ko‘rinishi
• “Biz yoshlar korrupsiyaga qarshi birgalikda kurashamiz” mavzusida ijodiy chiqish
• Zamonaviy muammolar nuqtai nazaridan yondashilgan, ta’sirli va jonli sahna ko‘rinishi
• Sahnadagi madaniyat va intizomga rioya qilish
✅Bellashuvda jami 7 ta jamoa ishtirok etadi. Har bir jamoa 6 nafar talabadan iborat bo‘lishi shart.
Quyidagi fakultetlardan bittadan jamoa qatnashadi:
• “Avtomobilsozlik va transport” fakulteti
• “Muhandislik iqtisodiyoti va boshqaruv” fakulteti
• “Intellektual boshqaruv va kompyuter tizimlari” fakulteti
• “Elektr va energetika” fakulteti
• “Qurilish muhandisligi va arxitektura” fakulteti
• "Mashinasozlik texnologiyasi" fakulteti
• “Yengil sanoat va kimyo muhandisligi” fakulteti
Tadbirni tashkil etish va o‘tkazish uchun fakultet dekanlari mas’ul hisoblanadi.
🏆G‘olib jamoalar qimmatbaho esdalik sovg‘alari va diplomlar bilan taqdirlanadi.
🎓Aziz talaba-yoshlar!
O‘zingizni sinab ko‘ring, bilim va iqtidorlaringizni namoyon eting!
Keling, korrupsiyaga qarshi kurashda birgalikda faol bo‘laylik va eng bilimdon jamoa nomiga sazovor bo‘ling!
✅Bizni kuzatishda davom eting!
📱Telegram (https://t.me/andtexnika) |📱 Facebook (http://www.fb.com/andtexnika) | 📱Instagram (https://www.instagram.com/andtexnika/) | 📱YouTube (http://www.youtube.com/@andtexnika)