Institut “Aksilkorrupsiya volontyorlari” yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
Andijon davlat texnika institutida 2025-yil 24-dekabr kuni “Aksilkorrupsiya volontyorlari” yangi yoshlar harakati ta’sis yig‘ilishi bo‘lib o‘di.
Respublika Korrupsiyaga qarshi kurashish Milliy Kengash tashabbusi bilan tashkil etilayotgan yangi jamoatchilik tuzilmasi haqida talabalarga institutning Korrupsiyaga qarshi kurashish “komplaens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi xodimlari tomonidan batafsil tushunchlar berildi, yangi harakar g‘oyasining mazmun-mohiyati yetkazildi.
Yig‘ilishda “Aksilkorrupsiya volontyorlari” yangi yoshlar harakati a’zolarining tarkibi halol-pok korrupsiyaga murosasizligi bilan tanilgan faol talabalar bilan shakllantirildi.
Tadbir yakunida talaba-yoshlar yangi harakat haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar. https://web.ASTI.edu.uz
https://t.me/andmi_antikorr