Mustaqil izlanuvchilikka kirish imtihonlari bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi “Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim nizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi VMQ-304-son hamda 2020-yil 6-noyabrdagi “Ilmiy darajali kadrlarni tayyorlash jarayonlarining shaffofligini ta’minlash va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi VMQ-696-son qarorlari ijrosini ta’minlash maqsadida Andijon davlat texnika institutining buyrug‘iga muvofiq 2025-yil 26-may kuni mustaqil izlanuvchilikka (PhD) kirish imtihonlari bo‘lib o‘tdi.
“05.02.04-Standartlashtirish va mahsulot sifatini boshqarish” ixtisosligi bo‘yicha Maxsus komissiya tomonidan 3 nafar talabgor mustaqil izlanuvchilikka qabul qilindi. Jarayonni korrupsiyadan holi, ochiq va shaffof o‘tishini ta’minlashda institutning Korrupsiyaga qarshi kurashish “komplaens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi ham ishtirok etdi.
👉https://web.andmiedu.uz✅
👉https://t.me/andmi_antikorr