Yakuniy Davlat Attestatsia jarayoni nazoratda bo‘ldi

Andijon davlat texnika instituti rahbariyati, fakultet dekanatlari, O‘quv-uslubiy boshqarma, Ta’lim sifatini nazorat qilish hamda Korrupsiyaga qarshi kurashish “komplaens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limlari bilan hamkorlikda 2024-2025 o‘quv yili Yakuniy Davlat attestatsiya jarayonlarini me’yyoriy hujjatlar, ochiqlik va shaffoflik ruhida, korrupsiyadan holi o‘tkazilishi ta’minlandi.
Ko‘rilgan choralar natijasida fanlararo baholash (test) jarayonida bir qator belgilangan talablar buzilishi holatlari aniqlanib, tegishli tartibda hujjatlashtirilgan bo‘lsada, imtihonlar yuqori saviyada tashkil qilindi.
Bitiruv-malakaviy ishlar himoyalari asosan ishlab-chiqarish tashkilotlarida o‘tkazilganligi sababli, dekanatlar va ob’yektlar tomonidan ochiqlik, shaffoflikni ta’minlash, korrupsion holatlarga yo‘l qo‘ymaslik choralari ko‘rildi.