• +99874 223-43-67

info@astiedu.uz

Yangi institutga tyutorlar tanlovlari bo‘lib o‘tdi

img

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qaroriga asosan tashkil qilingan yangi Andijon davlat texnika instituti  professor-o‘qituvchilar va xodimlar kontingentini shakklantirishni boshladi. Vazirlik tanlovlaridan tashqari,  institutning suhbatlar asosida qabul qilish jarayoni ham bo‘lib o‘tmoqda. 2025-yil 25-fevral kuni maxsus komissiya tomonidan vazirlikning 2021-yil 412-son buyrug‘iga muvofiq tyutorlar bilan suhbatlar o‘tkazildi. O‘z faoliyatini yakunlagan ikkita oliy ta’lim tashkilotidan 24ta ariza kelib tushgan, 22 nafar nomzodlar o‘z bilim va ko‘nikmalarini namoyish etishdi.
Suhbatlar jarayonini ochiqlik va shaffof o‘tishini ta’minlash, manfaatlar to‘nashuvidan holi etish maqsadida jarayoin videotasvirga olindi, komissiya ishida Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi boshlig‘i qatnashdi.

👉https://web.andmiedu.uz✅
👉https://t.me/andmi_antikorr✅

Sayt haqida

Saytdagi ma'lumotlar uchun mualliflar javobgar. Har qanday foydalanish saytga ochiq havola ko‘rsatish sharti bilan ruxsat etiladi. Internet nashrlar ma'lumot ko‘chirganda, qidiruv tizimlari uchun erkin va ochiq havola qo‘yishi shart, havola qisman yoki to‘liq foydalanilganda ham ko‘rsatilishi lozim.