Yangi institutda tanlovlar boshlandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 18-noyabrdagi 396-son qaroriga asosan Andijon mashinasozlik instituti, Andijon iqtisodiyot va qurilish instituti hamda Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutining Andijon fakulteti negizida Andijon davlat texnika instituti ochildi.
Professor-o‘qituvchilar va xodimlarni yangi OTMga qabul qilish jarayonini shaffof va ochiq tarzda o‘tkazish maqsadida qonunda belgilangan tartibda tanlovlar e‘lon qilindi.
Shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 8-oktyabrdagi 366-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan tartibda Korrupsiyaga qarshi kurashish “komplaens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limiga ham tanlov amalga oshirildi.
👉https://web.andmiedu.uz✅
👉https://t.me/andmi_antikorr✅