Vazirlikda “Korrupsiyasiz soha” loyihasining ijrosiga bag‘ishlangan yig‘lish bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish Agentligi direktori A.Burxanov hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri K.Sharipov ishtirokida 2025-yil 25-iyul kuni “Korrupsiyasiz soha” loyihasining ijrosi muhokama qilindi.
So‘nggi vaqtda oliy ta’limda qayd etilgan korrupsion holatlarni inobatga olib, “Korrupsiyasiz soha” loyihani amalga oshirishda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni bartaraf etish belgilandi. Jumladan jamoatchilik nazoratini yo‘lga qo‘yish, korrupsiyaga moyil bo‘lgan lavozimlarda ishlovchi shaxslarni har 3 yilda rotatsiya qilish, “komplaens-nazorat” tuzilmalari xodimlarini vazirlik bo‘ysunuviga o‘tkazish.
Yig‘ilishda Andijon mashinasozlik instituti rektori U.Turdialiyev, Andijon davlat texnika instituti Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi boshlig‘i V.Turdiyevlar onlayn tartibda ishtirok etishdi. 👉https://web.andmiedu.uz✅
👉https://t.me/andmi_antikorr✅