Oliy ta’limda o‘qish istagini bildirgan texnikum bitiruvchilari bilan suhbatoldi uchrashuvi o‘tkazildi.

Andijon davlat texnika institutida o‘qish istagini bildirib hujjat topshirgan texnikum bitiruvchilari bilan 2025-yil 09-avgust kuni suhbatoldi uchrashuvi o‘tkazildi.
Tadbirda Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi xodimi, qabul komissiyasi mas’ul kotibi Sh. Daliyevlar tomonidan suhbat jarayonlari, ularni korrupsiyadan holi, shaffof va adolatli bo‘lishi to'g'risida batafsil ma'lumotlar berildi.
Suhbat jarayonlarini oshkora o'tishi maqsadida talabgorlar va ularning ota-onalariga onlayn kuzatib borish imkoniyati yaratilishi, shu bilan birga turli firibgarlarning aldovlariga ishonib qolmaslik, korrupsion holatlarga yo‘l qo‘ymaslik kerakligi haqida ogohlantirildi.
Uchrashuv mobaynida talabgorlar o‘zlarining qiziqtirgan barcha savollariga mas’ullar tomonidan javoblar oldilar.👉https://web.andmiedu.uz✅
👉https://t.me/andmi_antikorr✅