Texnikum bitiruvchilarini qabul qilish suhbatlari boshlandi

Andijon davlat texnika institutiga 2025-yil 18-avgust kuni texnikum bitiruvchilarini suhbat asosida qabul qilish jarayoni boshlandi.
Suhbatlar oldidan Qabul komissiya mas'ul kotibi Sh.Daliyev va Korrupsiyaga qarshi kurashish "komplaens-nazorat" tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i V.Turdiyevlar tomonidan fanlar bo‘yicha komissiya a’zolariga Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 11 yanvardagi 17-sonli qarori, Prezidentimizning oliy ta'lim tashkilotlari komlaens ichki nazorat tuzulmalariga korrupsion holatlar, manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish bo‘yicha qo‘ygan talablari haqida eslatmalar berildi.
Jarayon ochiq va shaffof o‘tishini ta'minlash maqsadida ijtimoiy tarmoqlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri translyatsia tashkil etildi.
👉https://web.andmiedu.uz✅
👉https://t.me/andmi_antikorr✅