• +99874 223-43-67

info@astiedu.uz

Andijon davlat texnika instituti
“Eko-faol talabalar” bo'limi

Andijon davlat texnika institutida “Eko-faol” bo‘limi tashkil etildi! Talabalarning ekologik madaniyatini oshirish, atrof-muhitga nisbatan mas’uliyatni kuchaytirish va barqaror rivojlanish g‘oyalarini targ‘ib qilish maqsadida Andijon davlat texnika instituti Talabalar bo‘limi tarkibida yangi “Eko-faol” bo‘limi tashkil etildi.

Mazkur bo‘limning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

  • Talabalar o‘rtasida ekologik ong va madaniyatni shakllantirish;
  • Institut hududida tozalikka rioya qilish va chiqindilarni saralash bo‘yicha tashabbuslarni amalga oshirish;
  • Daraxt ekish, ekologik yurishlar, seminarlar va “yashil hayot” g‘oyasiga bag‘ishlangan tadbirlarni uyushtirish;
  • Ekologik muammolarga e’tibor qaratish va ularni hal etishga yo‘naltirilgan loyihalarni qo‘llab-quvvatlash.

Bo‘lim faoliyatida har bir talaba ishtirok etishi, o‘z g‘oyalari bilan ulush qo‘shishi mumkin. “Eko-faol” – bu faqat bo‘lim emas, balki ekologik mas’uliyatli yoshlar harakati!

about

about

Andijon davlat texnika institutida “Eko-faol” bo‘limi tashabbusi bilan ekologik tadbir o‘tkazildi

2025-yil 10-iyun kuni Andijon davlat texnika instituti “Eko-faol” bo‘limi tashabbusi bilan “Yashil makon – sog‘lom hayot” shiori ostida ekologik targ‘ibot va amaliy tadbir tashkil etildi.

Tadbirning asosiy maqsadi – talabalar va institut xodimlari o‘rtasida ekologik ong va mas’uliyatni yanada oshirish, atrof-muhitni asrash bo‘yicha amaliy harakatlarni rag‘batlantirish, shuningdek, “Eko-faol” bo‘limi faoliyatini keng jamoatchilikka tanishtirishdan iborat bo‘ldi.

Tadbir yakunida faol ishtirok etgan talabalar va ko‘ngillilar “Eko-faol” bo‘limi tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Institut rahbariyati bu kabi ekologik tadbirlarning nafaqat institut hududida, balki butun jamiyatda barqaror yashash tamoyillarini qaror toptirishda muhim ahamiyat kasb etishini alohida ta’kidlab o‘tdi.

“Eko-faol” bo‘limi faoliyatini bundan buyon ham izchil davom ettirib, yoshlarning ekologik mas’uliyatini oshirish borasida yangi tashabbus va loyihalarni amalga oshirishni rejalashtirmoqda.

eko-action

eko-team

“Eko-faol” bo‘limi tomonidan navbatdagi ekologik tadbir va amaliy mashg‘ulotlar tashkil etildi

Andijon davlat texnika instituti “Eko-faol” bo‘limi tomonidan 2025-yil 12-iyun kuni talabalar uchun navbatdagi ekologik seminar va amaliy mashg‘ulotlar tashkil etildi. Tadbir “Tabiat bizdan yordam kutmoqda” shiori ostida o‘tkazildi.

Dastlab institut faollar zalida ekologik xavfsizlik, iqlim o‘zgarishining ta’siri, va chiqindilarni kamaytirish usullari bo‘yicha interaktiv seminar tashkil etildi. Seminar davomida mutaxassislar tomonidan talabalar savollariga javoblar berildi.

Shundan so‘ng talabalar ishtirokida institut hovlisida ekologik tozalash aksiyasi va ko‘chat ekish ishlari olib borildi. Ushbu jarayon yoshlar orasida ekologik mas’uliyat hissini oshirishda katta ijobiy ta’sir ko‘rsatdi.

Tadbir yakunida faol qatnashgan guruhlarga tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari topshirildi. “Eko-faol” bo‘limi tomonidan bu kabi tadbirlar yil davomida muntazam ravishda amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

Bo‘lim rahbariyatining ta’kidlashicha, ekologik tarbiya va tashabbuskorlik bugungi kundagi eng dolzarb masalalardan biri bo‘lib, yosh avlodni bu yo‘nalishda faol ishtirokga jalb qilish eng muhim vazifalardan biridir.

Sayt haqida

Saytdagi ma'lumotlar uchun mualliflar javobgar. Har qanday foydalanish saytga ochiq havola ko‘rsatish sharti bilan ruxsat etiladi. Internet nashrlar ma'lumot ko‘chirganda, qidiruv tizimlari uchun erkin va ochiq havola qo‘yishi shart, havola qisman yoki to‘liq foydalanilganda ham ko‘rsatilishi lozim.