#Seminar
KQKB
14-fevral kuni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligida Hisob palatasi va Bosh prokuratura hamkorligida vazirlik hamda oliy taʼlim muassasalarining moliya-iqtisod ishlari boʻyicha prorektorlari, bosh hisobchilari, ichki audit xizmati, moliya-reja va komplayens-nazorat boʻlimlari masʼullari uchun onlayn seminar tashkil etildi.
Seminarda Prezidentning 2024-yil 25-dekabrdagi “2025-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti toʻgʻrisida”gi Qonuni ijrosini taʼminlash toʻgʻrisida”gi PQ–455-son Qarorida belgilangan sohaga ajratilgan byudjet mablagʻlarining maqsadli va samarali sarflanishi, byudjet mablagʻlari ijrosini monitoring qilish bilan bogʻliq vazifalar muhokama qilindi.
Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/36261