Ikkinchi va undan keyingi ta’limga qabul o‘tkazildi
KQKB
Andijon davlat texnika institutida 2025-yil 28-avgust kuni O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 24-sentyabrdagi VMQ-606-son qarori bilan tasdiqlangan Nizomga asosan 2025/2026 o’quv yili uchun ikkinchi va undan keyingi ta’lim shakllari bo‘yicha “Iqtisodiyot”, “Buxgateriya hisobi”, “Qurilish muhandisligi” hamda “Arxitektura” yo‘nalishlarida o‘qish istagini bildirgan talabgorlar uchun suhbat jarayoni tashkil etildi.
Kunduzgi va masofaviy ta’lim shakliga qabul qilish bo‘yicha komissiya tarkibida Korrupsiyaga qarshi kurashish “komplaens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi xodimlari ishtirok etib, jarayonni korrupsiya, shu jumladan manfaatlar to‘qnashuvidan holi, ochiqlik va shaffoflik tamoyillari asosida amalga oshirilishi ta’minlandi. 👉https://web.andmiedu.uz✅
👉https://t.me/andmi_antikorr✅