O‘zbekiston – Xitoy savdo-iqtisodiy va investitsiya forumi bo‘lib o‘tdi.
Matbuot
O‘zbekiston – Xitoy savdo-iqtisodiy va investitsiya forumi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur xalqaro forumda Andijon davlat texnika instituti rektori Umid Turdialiyev hamda Avtomobilsozlik va transport kafedrasi mudiri Dilyor Moʻydinovlar ishtirok etdilar.
Forum doirasida qator muhim uchrashuv va muzokaralar amalga oshirildi, jumladan:
Xitoyning yangi energiyani chet elda rivojlantirish alyansi, Pekin Huaqiao yangi energiya texnologiyalari tadqiqot instituti xalqaro alyansi,
Xitoy ko‘prigi yangi energiya instituti bosh kotib o‘rinbosari, dekan muovini janob Fu Kong,
Shimoliy Xitoy texnologiyalar universiteti xalqaro hamkorlik bo‘limi direktori Xu Mei xonim,
American LUYE International Investment Management Group hamda American Green Leaf International Investment Management Co. raisi Aisin-Gioro Tao Vina kompaniyasi vakillari bilan muzokaralar olib borildi.
Muzokaralar davomida yuqori texnologiyali qishloq xo‘jaligi, sanoat sohalari, yangi energiya yo‘nalishlarida sarmoyaviy hamkorlikni rivojlantirish masalalari bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.
Mazkur forum institutimizning xalqaro aloqalarini yanada kengaytirish, ilmiy-amaliy hamkorlik va investitsion loyihalarni yo‘lga qo‘yishda muhim qadam bo‘ldi.