Yangi o‘quv yili o‘zgacha shukuhda boshlandi
Matbuot
Yangi o‘quv yili o‘zgacha shukuhda boshlandi
Andijon davlat texnika institutida “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” shiori ostida yangi 2025-2026 o‘quv yilining boshlanishiga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbir avvalida davlat madhiyasi yangradi. Shundan so‘ng Andijon viloyati hokimining oila va xotin-qizlar masalalari bo'yicha o‘rinbosari Gulnora Ahmedova barchani Mustaqillik bayrami va yangi o‘quv yili bilan tabriklab, talabalarga kelgusida o‘z bilimi bilan Vatan ravnaqiga hissalarini qo‘shishiga ishonch bildirdi.
Shuningdek, tadbirda so‘z olgan institut rektori, texnika fanlari doktori, professor Umid Turdialiyev Istiqlol ayyomi va joriy yilgi test sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tib, talabalikka qabul qilingan yoshlarni tabriklab, kelgusi o‘qish jarayonlarida omad va zafarlar tiladi.
Shundan so‘ng talabalar Mustaqillik darslarida ishtirok etishlari uchun auditoriyalarga kuzatib qo‘yildi.