Yangi o'quv yili munosabati bilan Institut fakultetlarida uchrashuvlar boshlandi
KQKB
Andijon davlat texnika instituti rektori, professor U.M.Turdialiyev 2025-yil 5-sentabr kuni “Qurilish muhandisligi va arxitektura“ fakulteti professor-o‘qituvchilari va rahbar xodimlar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Ochiq muloqot va samimiy ruhda o‘tgan suhbatda 2025/2026 o‘quv yiliga mo‘ljallangan rejalar, ta’lim sifati, KPI mezonlari, ishga qabul qilishdagi muammolar, korrupsion holatlar, manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish kabi masalalar muhokama qilindi.
Uchrashuvda institut Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori, Ta’lim sifati nazorati bo‘limi, O‘quv-uslubiy boshqarma hamda Korrupsiyaga qarshi kurashuish bo‘limi boshliqlari ishtirok etishdi, fakultet professor-o‘qituvchilari va rahbar xodimlarni qiziqtirgan savollariga atroflicha javoblar berdilar. 👉https://web.andmiedu.uz✅
👉https://t.me/andmi_antikorr✅