• +99874 223-43-67

info@astiedu.uz

Rektor va talaba-yoshlar uchrashuvi bo'lib o'tdi

Matbuot
img

Andijon davlat texnika instituti rektori, texnika fanlari doktori Umid Turdialiyev "Besh tashabbus olimpiadasi" festivali doirasida birinchi bosqich talabari bilan uchrashdi.

Samimiy muloqot ruhida o‘tgan uchrashuv avvalida rektor barchani hayotlaridagi yangi bosqich – talabalik atalmish davrga qadam qo‘yganlari bilan yana bir bor tabrikladi. 

Uchrashuvda barcha sohalar qatori oliy ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar, professor-o‘qituvchi va talabalar uchun yaratilayotgan sharoit va imkoniyatlar haqida ma’lumot berib, o‘z navbatida yoshlar ushbu imkoniyatlardan unumli foydalangan holda, o‘qib, o‘rganib, kelajakda Yangi O‘zbekiston san’ati rivoji uchun o‘z hissasini qo‘shishlari lozimligini ta’kidladi.

Shuningdek, institut rektorining talabalar bilan muloqot qilishi doimiy an’ana ekanligini, ularning tashabbuslari va takliflarini amalga tatbiq etishga doimo tayyorligini bildirib, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash borasida qilinayotgan ishlar bilan batafsil tanishtirdi.

Uchrashuv davomida talabalar taklif va tashabbuslarni bildirish bilan birga, o‘quv jarayonlari haqida o‘zlarining fikr-mulohazalarini bildirdilar.

blog
Matbuot

Axborot xizmati / Matbuot

Sayt haqida

Saytdagi ma'lumotlar uchun mualliflar javobgar. Har qanday foydalanish saytga ochiq havola ko‘rsatish sharti bilan ruxsat etiladi. Internet nashrlar ma'lumot ko‘chirganda, qidiruv tizimlari uchun erkin va ochiq havola qo‘yishi shart, havola qisman yoki to‘liq foydalanilganda ham ko‘rsatilishi lozim.