• +99874 223-43-67

info@astiedu.uz

Andijon davlat texnika instituti delegatsiyasi Xitoyda xalqaro hamkorlikni kengaytirmoqda

Matbuot
img

Andijon davlat texnika instituti delegatsiyasi Xitoy Xalq Respublikasiga xizmat safari doirasida mamlakatning yetakchi oliy ta’lim muassasalari rahbarlair bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.

Safar Nanking Universitetiga tashrif bilan boshlandi. Delegatsiya universitetning Xalqaro hamkorlik bo‘limi vakillari bilan muzokara olib borib, tibbiyot injiniringi, sun’iy intellekt va xitoy tili markazini tashkil etish yo‘nalishlarida hamkorlik qilishga kelishib oldi.

Shuningdek, Nanjing politexnika institutida ham uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi. 


Uchrashuv avvalida ADTI rektori, texnika fanlari doktori, professor U.M. Turdialiyev hammuallifligida chop etilgan “Avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish va parvarish qilish” kitobining taqdimoti o‘tkazildi. Shuningdek, tomonlar qo‘shma adabiyotlar nashri, professor-o‘qituvchilar malakasini oshirish grantlari, talabalar almashinuvi dasturlari, xitoy–o‘zbek politexnikumi tashkil etish hamda elektromobillar uchun servis markazini ochish bo‘yicha memorandum imzoladilar.

Delegatsiya keyingi manzili Shanhay Jiao Tong Universiti bo‘ldi. Jahon reytingida 34-o‘rinda turuvchi ushbu universitet bilan robototexnika va mexatronika sohalarida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

blog
Matbuot

Axborot xizmati / Matbuot

Sayt haqida

Saytdagi ma'lumotlar uchun mualliflar javobgar. Har qanday foydalanish saytga ochiq havola ko‘rsatish sharti bilan ruxsat etiladi. Internet nashrlar ma'lumot ko‘chirganda, qidiruv tizimlari uchun erkin va ochiq havola qo‘yishi shart, havola qisman yoki to‘liq foydalanilganda ham ko‘rsatilishi lozim.