• +99874 223-43-67

info@astiedu.uz

Yangi fakultet pedagog-xoldimlari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

KQKB
img

Andijon davlat texnika institutida 2025-yil 12-mart kuni OTM nazorat tuzilmalari rahbarlarining yangi “Qurilish muhandisligi va arxitektura” fakulteti professor-o’qituvchilari va xodimlari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Korrupsiyaga qarshi kurashish  bo‘limi, O‘quv-uslubiy boshqarma,  Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi, Jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlash, nazorat va monitoring bo‘limi boshliqlari,  institut huquqshunosi hamda Kasaba uyushma qo‘mitasi raisi ishtirok etishdi.
Ochiq muloqot va samimiy fikr almashuv ruhida o‘tgan uchrashuvda yangi institut faoliyatiga oid normativ-huquqiy hujjatlar mazmun-mohiyati tushuntirildi, o‘quv jarayonida sodir etilishi mumkin bo‘lgan qonunbuzarliklar, shu jumladan korrupsion holatlar, manfaatlar to‘qnashuvi alomatlari bo‘yicha o‘rganish tartiblari, aloqa vositalari va manzillari yetkazildi.

👉https://web.andmiedu.uz✅
👉https://t.me/andmi_antikorr✅

blog
KQKB

Axborot xizmati / Matbuot

Sayt haqida

Saytdagi ma'lumotlar uchun mualliflar javobgar. Har qanday foydalanish saytga ochiq havola ko‘rsatish sharti bilan ruxsat etiladi. Internet nashrlar ma'lumot ko‘chirganda, qidiruv tizimlari uchun erkin va ochiq havola qo‘yishi shart, havola qisman yoki to‘liq foydalanilganda ham ko‘rsatilishi lozim.