• +99874 223-43-67

info@astiedu.uz

Andijon davlat texnika institutida “O‘zbekiston-Xitoy-Rossiya universitetlarining xalqaro ilmiy-texnik anjumani: fan, texnologiya va innovatsiyalar” mavzusidgia xalqaro ilmiy-texnik anjuman o’tkazildi.

Matbuot
img

 

Andijon davlat texnika institutida “O‘zbekiston-Xitoy-Rossiya universitetlarining xalqaro ilmiy-texnik anjumani: fan, texnologiya va innovatsiyalar” mavzusidgia xalqaro ilmiy-texnik anjuman o’tkazildi.

Anjumanni institut ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Doniyor  Alijanov ochib, so‘nggi metrologiya sohasini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan isloxotlar va ularning ijobiy natijalari,  sohada hali bajarilishi zarur vazifalar xaqida to‘xtaldi. Anjuman ishtirokchilari va ishiga omad tiladi.

Ushbu anjuman bugungi kunda uch davlat oliy ta’lim va ilmiy tadqiqot muassasalari o‘rtasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqdi. Tadbir davomida innovatsion texnologiyalar, raqamli transformatsiya, avtomatlashtirish, robototexnika, sun’iy intellekt, mashinasozlik va muhandislik ta’limi sohalaridagi ilg‘or tajribalar muhokama qilindi.

Anjumanda institutning horijiy hamkorlari, xalqaro OTM professor-o’qituvchilari o’zlarining ilmiy tezislari bilan ishtirok etdilar. Shuningdek Bauman nomidagi Moskva davlat texnika universiteti, Texnika universitetlar uyushmasi prezidenti Aleksandrov Anatoliy Aleksandrovichning o’zining tabrik so’zlarini yo’lladilar.

Xalqaro ilmiy-texnik anjumanda quyidagi xorijiy professor-o’qituvchilar online hamda ofline tarzda o’zlarining ma’ruzalari bilan ishtirok etdilar. 
- Nanjing Politexnika Instituti xalqaro hamkorlik boʻlimi boshligʻi  - Mei Bin;
- Shanxay universiteti professori – Zhegin Li;
- O'sh texnologiya universiteti, Xalqaro O‘zgan texnologiya va ta’lim instituti, “Pedagogika va tillar” kafedrasi professori – Abdurashid Abdulatov ;
- Xitoyning Yangi energiya va past-uglerodli texnologiya instituti, muhandislik fanlari doktori, dotsent – Xio Hao;
- Tambov davlat texnika universiteti, professor, iqtisod fanlari doktori - Elena Sergeevna Mishchenko;
- Don davlat texnika universiteti, axborot texnologiyalari fakulteti dekani Ivan Ivanovich Naumov;
- Sharda Universiteti Andijon filiali fakulteti dekani. Dr. Ganesh Sankar;
- UFA davlat neft texnologiya universiteti, kafedra dotsenti K.F.Gabdiraxmanova;
- Toshkent Xalqaro Vestminister universiteti katta o‘qituvchisi Doktor Poojalar qatnashdilar.
O’tkazilgan anjuman orqali O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari xalqaro ilmiy maydondagi mavqeini mustahkamlashga hamda hamkor universitetlar bilan uzoq muddatli ilmiy hamkorlikka yo‘l ochib beradi.

blog
Matbuot

Axborot xizmati / Matbuot

Sayt haqida

Saytdagi ma'lumotlar uchun mualliflar javobgar. Har qanday foydalanish saytga ochiq havola ko‘rsatish sharti bilan ruxsat etiladi. Internet nashrlar ma'lumot ko‘chirganda, qidiruv tizimlari uchun erkin va ochiq havola qo‘yishi shart, havola qisman yoki to‘liq foydalanilganda ham ko‘rsatilishi lozim.