“Milliy liboslarimiz – milliy qadriyatlarimiz bezagi” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir
Matbuot
Andijon davlat texnika instituti Qurilish muhandisligi va arxitektura fakulteti tomonidan milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylash, yoshlar qalbida milliy g‘urur va estetik didni shakllantirish maqsadida “Milliy liboslarimiz – milliy qadriyatlarimiz bezagi” nomli maʼnaviy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbir davomida ishtirokchilar o‘zbek xalqining boy madaniy merosi, milliy kiyim-kechaklarimizning tarixi hamda ularning zamonaviy hayotdagi o‘rni haqida qiziqarli maʼlumotlarga ega bo‘lishdi. Talabalar tomonidan tayyorlangan sahna chiqishlari, milliy liboslar ko‘rgazmasi va badiiy kompozitsiyalar tadbirga o‘zgacha ruh va fayz bag‘ishladi.
Milliy libos – bu xalqning yuragi, qadriyati va g‘ururidur