Andijon davlat texnika institutida “Yosh kitobxon talabalar ligasi” doirasida “Zukko kitobxon” intellektual oʻyini o‘tkazildi
Matbuot
Andijon davlat texnika institutida yoshlarning kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularning bilim saviyasini yanada yuksaltirish maqsadida “Yosh kitobxon talabalar ligasi” tashkil etildi. Tadbirda institutning barcha fakultetlaridan kitobxon talabalar ishtirok etishdi.
Intellektual oʻyinni Yoshlar masalalari, maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektori Sherboyev Murodjon tantanali ochib berib, barcha jamoalarga omad tiladi.
Musobaqa shartlariga ko‘ra, ishtirokchilar o‘qilgan badiiy va ilmiy asarlar mazmunini chuqur bilish, yozuvchi va shoirlar hayoti, asarlaridagi g‘oya va obrazlarni tahlil qilish bo‘yicha o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazdilar.
Tadbir davomida jamoalar o‘z tafakkuri, tezkor fikrlashi va kitobxonlik madaniyati bilan ajralib turishdi. Har bir bosqichda savol-javoblar, topishmoqlar va ijodiy topshiriqlar orqali bellashuv yanada qiziqarli tus oldi.
Tadbir yakunida so‘zga chiqqanlar kitob o‘qishning inson tafakkuri va ma’naviyatini boyitishdagi o‘rni haqida fikr bildirdilar hamda bunday intellektual o‘yinlar yoshlarni kitob mutolaasiga keng jalb etishda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladilar.