Andijon davlat texnika instituti delegatsiyasi Xitoyning Sanya shahrida o‘tkazilgan xalqaro dasturda ishtirok etdi
Matbuot
2024-yil 23–24-oktabr kunlari Andijon davlat texnik instituti delegatsiyasi Xitoy Xalq Respublikasining Xaynan viloyati, Sanya shahrida o‘tkazilgan xalqaro ta’lim va ilmiy dasturda ishtirok etdi.
23-oktabr
Dastur doirasidagi ilk tadbir “Changjiang” atom elektr stansiyasiga tashrif bilan boshlandi. Tashrif davomida ishtirokchilar Xitoydagi yirik energetika obyektlaridan biri hisoblangan ushbu stansiyaning tuzilishi, xavfsizlik tizimlari hamda texnologik jarayonlari bilan batafsil tanishdilar. Shuningdek, Xitoyda barqaror energiya ishlab chiqarish va ekologik standartlarni joriy etish bo‘yicha ilg‘or tajribalar bilan ham tanishildi.
Kunning ikkinchi yarmida “Atom energetikasini rivojlantirish va kadrlar tayyorlash” mavzusida seminar o‘tkazildi. Tadbirda soha mutaxassislari o‘rtasida tajriba almashinuvi va hamkorlik yo‘nalishlari muhokama qilindi.
24-oktabr
Dastur doirasida delegatsiya “Sanoat – universitet – ilm – amaliyot integratsiyasi” yo‘nalishi bo‘yicha bir qator tashkilotlarga tashrif buyurdi, jumladan:
Okean kruizlarini to‘liq raqamlashtirish bo‘yicha Innovatsion hamkorlik laboratoriyasi;
Xitoy qishloq xo‘jaligi fanlari akademiyasining “Nanfan” milliy ilmiy-tadqiqot instituti;
Yazhou Bay ilmiy va texnologik shahri sanoatni rivojlantirish markazi.
Kunning ikkinchi yarmida xalqaro konferensiya o‘z ishini davom ettirdi. Unda Xitoyning yetakchi universitetlari va tashkilotlari vakillari, shuningdek Qozog‘iston, Qirg‘iziston va O‘zbekistonning nufuzli oliy ta’lim muassasalari vakillari ishtirok etdilar.
Ishtirokchilar orasida Xaynan viloyati fan va texnologiyalar boshqarmasi vakillari, Xarbin muhandislik universiteti vitse-prezidenti hamda soha mutaxassislari qatnashdilar. Jumladan:
Shen Lixin (Xitoy yadro jamiyati) — “Xitoyning atom energetikasini rivojlantirish bo‘yicha 40 yillik tajribasi” mavzusida ma’ruza qildi;
Xie Xiaqin (China National Nuclear Corporation Overseas Ltd.) — “Xitoy va Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘rtasida yadro sanoati va muhandislik ta’limi sohasidagi hamkorlik istiqbollari” mavzusida chiqish qildi;
Gao Puzhen (Xarbin muhandislik universiteti) — “Xarbinskiy muhandislik universitetida yadro ta’limi” mavzusida taqdimot o‘tkazdi.
Tadbir yakunida yadro muhandisligi ta’limi sohasida xalqaro hamkorlikni yanada rivojlantirish bo‘yicha istiqbolli rejalarga doir fikr almashildi.