• +99874 223-43-67

info@astiedu.uz

Andijon davlat texnika instituti talabalariga “Qora ko‘z” spektakli namoyish etildi

Matbuot
img

Andijon shahridagi Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi musiqali drama teatri sahnasida mashhur yozuvchi va dramaturg Muxtor Avezov qalamiga mansub “Qora ko‘z” spektakli Andijon davlat texnika instituti talabalari uchun namoyish etildi.

Tadbir institutning Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi tashabbusi bilan tashkil etilib, talabalarning badiiy-estetik dunyoqarashini kengaytirish, milliy va jahon adabiyoti namunalariga bo‘lgan qiziqishini oshirish maqsadida o‘tkazildi.

Spektaklda insoniy tuyg‘ular, muhabbat, fidoyilik, sadoqat hamda hayot sinovlari chuqur badiiy mahorat bilan tasvirlandi. Aktyorlarning ishonarli ijrosi, sahna bezagi va musiqiy jo‘rnavozlik tomoshabinlarda katta taassurot qoldirdi.

Namoyish yakunida talabalar o‘zlarining fikr va taassurotlarini bildirib, san’at asarlari inson qalbida ezgulik, sabr va mehr tuyg‘ularini uyg‘otishini ta’kidladilar.

Mazkur madaniy tadbir yoshlarning ma’naviy dunyosini boyitish, ularni milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashga xizmat qildi.

blog
Matbuot

Axborot xizmati / Matbuot

Sayt haqida

Saytdagi ma'lumotlar uchun mualliflar javobgar. Har qanday foydalanish saytga ochiq havola ko‘rsatish sharti bilan ruxsat etiladi. Internet nashrlar ma'lumot ko‘chirganda, qidiruv tizimlari uchun erkin va ochiq havola qo‘yishi shart, havola qisman yoki to‘liq foydalanilganda ham ko‘rsatilishi lozim.