• +99874 223-43-67

info@astiedu.uz

O'zbekiston delegatsiyasi Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha Davlatlararo kengash yig‘ilishida ishtirok etdi

KQKB
img

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burxanov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi Armanistonning Yerevan shahrida bo‘lib o‘tgan Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha Davlatlararo kengashning 10-majlisida ishtirok etdi. 

Mazkur yig’ilish O’zbekistonning tashkilotning to’laqonli a’zosi sifatidagi ilk ishtirokidir. 

Tashrifdan asosiy maqsad — Davlatlararo kengash faoliyati doirasida mintaqada korrupsiyaga qarshi kurash sohasidagi dolzarb muammolar, tashabbuslar va strategik yo‘nalishlarni muhokama qilish hamda amaliy hamkorlikni kuchaytirishdan iborat bo‘ldi.Kengash yig‘ilishi doirasida O'zbekiston delegatsiyasi rahbari  Prezident Shavkat Mirziyoyev boshchiligida mamlakatda amalga oshirilayotgan aksilkorrupsiya islohotlari, milliy va mintaqaviy tashabbuslar hamda xalqaro hamkorlik samaradorligini qayd etib, Kengash faoliyatida faol ishtirok etish, orttirilgan tajriba bilan o‘rtoqlashish va yangi qo‘shma tashabbuslarni qo'llab-quvvatlashga tayyor ekanligini bildirdi.

blog
KQKB

Axborot xizmati / Matbuot

Sayt haqida

Saytdagi ma'lumotlar uchun mualliflar javobgar. Har qanday foydalanish saytga ochiq havola ko‘rsatish sharti bilan ruxsat etiladi. Internet nashrlar ma'lumot ko‘chirganda, qidiruv tizimlari uchun erkin va ochiq havola qo‘yishi shart, havola qisman yoki to‘liq foydalanilganda ham ko‘rsatilishi lozim.