ANDIJON DAVLAT TEXNIKA INSTITUTIDA KORRUPSIYANI OLDINI OLISHGA BAG‘ISHLANGAN PROFILAKTIK TADBIR O‘TKAZILDI
KQKB
Bugungi kunda korrupsiyaga qarshi kurashish – jamiyat taraqqiyoti, davlat boshqaruvida shaffoflikni ta’minlash va yoshlarni halollik ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyatga ega masalalardan biridir.
Shu maqsadda Andijon davlat texnika instituti Qurilish muhandisligi va arxitektura fakulteti talabalari ishtirokida “Korrupsiyani oldini olish” mavzusida profilaktik tadbir tashkil etildi.
Tadbirda institut Korrupsiyaga qarshi kurashish “komplaens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i Valijon Turdiyev, fakultet Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari Zoxidullo Maxammadjonov hamda fakultet xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi Munira Samatova ishtirok etdilar.
Tadbir davomida Valijon Turdiyev so‘zga chiqib korrupsiyaning jamiyat va shaxs hayotiga salbiy ta’siri, uning iqtisodiy-ijtimoiy oqibatlari haqida so‘z yuritishdi. Korrupsiyaning oldini olishda har bir fuqaroning, ayniqsa, yoshlarning faolligi, huquqiy savodxonligi va fuqarolik mas’uliyatini oshirish zarurligi alohida ta’kidlandi.
Shuningdek, talabalar o‘rtasida halollik, adolat, poklik, mas’uliyat, burch va vijdon kabi qadriyatlarni mustahkamlashga qaratilgan suhbatlar olib borildi. Tadbirda korrupsiyaga qarshi kurashishning huquqiy asoslari, davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari hamda “komplaens-nazorat” tizimining mazmun-mohiyati haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Tadbir yakunida ishtirokchilar o‘z fikr-mulohazalarini bildirib, korrupsiyaga qarshi kurashish har bir insonning fuqarolik burchi ekani, halol mehnat va pok niyat orqaligina yuksak natijalarga erishish mumkinligi haqida xulosa qilishdi.
✅Bizni kuzatishda davom eting!
📱Telegram (https://t.me/andtexnika) |📱 Facebook (http://www.fb.com/andtexnika) | 📱Instagram (https://www.instagram.com/andtexnika/) | 📱YouTube (http://www.youtube.com/@andtexnika)