Korrupsiya — taraqqiyot kushandasi
KQKB
✍️ Joriy yilning 31— oktyabr kuni institutning " Tillar va gumanitar fanlar "kafedrasi professor — o‘qituvchilari ishtirokida " Korrupsiya — taraqqiyot kushandasi " mavzusida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
✍️Tadbirda institutning " Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplyans nazorati " bo‘lim boshlig‘i Valijon Turdiyev, kafedra mudiri Abdumuxtor Xakimov shuningdek, kafedraning 35 dan ziyod professor — o‘qituvchilari ishtirok etdilar.
✍️Uchrashuvda soxaga oid qabul qilingan Qarorlar, Farmonlar, chora — tadbirlar, olib borilayotgan amaliy ishlar, ko‘rilayotgan choralar va bajarilishi rejalashtirilgan istiqbolli rejalar xaqida aniq ma’lumotlar berildi.
✍️ Jumladan, "Korrupsionerlarga nisbatan ko‘rilgan jinoiy ishlar qo‘zg‘atilganligi, bir katta amaldor yoki xizmatchi, xodimni korrupsiya botqog‘iga botib, pora degan balo ortidan jazoga tortilgani xaqida, bugungi rivojlanib borayotgan mustaqil respublikamizning erkin va ozod hayotimizga qora dog‘, illat bo‘lib kelayotgan korrupsiyaga qarshi kurash bugungi kunning eng dolzarb vazifasi bo‘lib qolayotganligi va bu vazifa nafaqat huquq tartibot organlari, balki har birimizdan katta mas’uliyat talab qiladi " — deb atroflicha fikrlar berildi.
Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram (https://t.me/Andti_yoshlari) 📱Instagram (https://www.instagram.com/andti_yoshlari?igsh=dnlzZGt0eWx4anZs&utm_source=qr)