O'zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha yangi xalqaro NNT tashkil etildi
KQKB
Adliya vazirligi tomonidan Korrupsiyaga qarshi kurashish muammolari bo‘yicha mintaqaviy tadqiqot markazi davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.
Markazning asosiy maqsadi quyidagilardan iborat:
➖korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha mintaqaviy ekotizimni yaxshilashga ko‘maklashish;
➖Markaziy Osiyo mintaqasi davlatlarida korrupsiya bilan bog‘liq tendensiyalar dinamikasini o‘rganish, tahlil qilish va takliflar ishlab chiqish;
➖korrupsiyaga qarshi “halollik” standartlarining davlat va jamiyat hayotiga joriy etish masalalarini tadqiq etish;
➖fuqarolarning korrupsiyaga nisbatan murosasiz kayfiyatni shakllantirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish.
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi:
▫️korrupsiyaga qarshi kurashish masalalarini tadqiq etish sohasida oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalarining Markaz bilan yaqin hamkorligi o‘rnatilishiga ko‘maklashadi;
▫️O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi har yilgi milliy maʼruzani tayyorlashda Markaz tomonidan o‘tkazilgan o‘rganishlar va tahlillarning natijalaridan foydalanadi.