ADTI va O‘zbekiston voleybol federatsiyasi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi
-
Author:Matbuot
-
Date:
26-11-2025
-
Count:
 991
Andijon davlat texnika instituti rektori, texnika fanlari doktori, professor Umid Turdialiyev O‘zbekiston voleybol federatsiyasi raisi o‘rinbosari Jamshid Fayziyev bilan uchrashdi.
Uchrashuv davomida ikki tomonlama hamkorlik masalalari, jumladan Andijon davlat texnika instituti “Talaba” sport klubi qoshida voleybolning olimpiya yo‘nalishi bo‘yicha tizimli mashg‘ulotlarni tashkil etish, talabalarni sportga keng jalb qilish va institut jamoasining musobaqalardagi ishtirokini yanada faollashtirish muhokama qilindi.
Muzokaralar yakunida hamkorlik doirasida talabalarni jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etishm, voleybol bo‘yicha professional mashg‘ulotlarni yo‘lga qo‘yish, iqtidorli yoshlarni aniqlash va qo‘llab-quvvatlash, respublika va xalqaro miqyosidagi musobaqalarda muntazam ishtirok etishga kelishib olindi.
Yakunda Andijon davlat texnika instituti hamda O‘zbekiston voleybol federatsiyasi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.