• +99874 223-43-67

info@astiedu.uz

Andijon davlat texnika instituti va NCUT o‘rtasida yangi bosqichdagi hamkorlik

  • event
    Author:

    Matbuot

  • Date:

    09-12-2025

  • Count:

     1156

blog

🇺🇿

Andijon davlat texnika instituti va NCUT o‘rtasida yangi bosqichdagi hamkorlik

Bugun Andijon davlat texnika institutida Xitoyning North China University of Technology (NCUT) delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Muloqot davomida energetika sohasida o‘quv va ilmiy hamkorlikni yanada kengaytirishga qaratilgan muhim tashabbuslar belgilab olindi.
🔹 Energetika kafedrasi filialini ochish masalasi ko‘rib chiqildi.
🔹 Qo‘shma ilmiy-tadqiqot markazini tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
🔹 Talabalar almashinuvi dasturlarini kengaytirish rejalashtirildi.
🔹 NCUT pedagoglari uchun amaliyot va malaka oshirish dasturlari muhokama qilindi.
🔹 NCUT professorlarini ADTIda dars berishga jalb etish imkoniyati ko‘rib chiqildi.

Uchrashuv samimiy va hamkorlik ruhida o‘tdi. Tomonlar kelgusida ikki oliygoh o‘rtasidagi aloqalarni yanada mustahkamlashga kelishib oldilar. Ushbu muloqot kelajakdagi yirik ilmiy va ta’limiy loyihalar uchun mustahkam zamin yaratadi.

Sayt haqida

Saytdagi ma'lumotlar uchun mualliflar javobgar. Har qanday foydalanish saytga ochiq havola ko‘rsatish sharti bilan ruxsat etiladi. Internet nashrlar ma'lumot ko‘chirganda, qidiruv tizimlari uchun erkin va ochiq havola qo‘yishi shart, havola qisman yoki to‘liq foydalanilganda ham ko‘rsatilishi lozim.