Andijon davlat texnika instituti delegatsiyasining East China University of Science and Technology (ECUST)ga tashrifi
-
Author:Matbuot
-
Date:
12-12-2025
-
Count:
 25
Andijon davlat texnika instituti delegatsiyasi East China University of Science and Technology (ECUST)ga rasmiy tashrif amalga oshirdi. Uchrashuv davomida tomonlar o‘zaro ilmiy hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan bir qator istiqbolli yo‘nalishlarni muhokama qildilar.
Tashrif doirasida, avvalo, Andijon davlat texnika instituti bazasida muhandislik yo‘nalishida qo‘shma ilmiy-o‘quv laboratoriyasi tashkil etish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi. Mazkur loyiha ikki oliygoh o‘rtasidagi ilmiy tadqiqotlar samaradorligini oshirish, talaba va tadqiqotchilar uchun qo‘shimcha amaliy platforma yaratishga xizmat qiladi.
Shuningdek, ECUST bazasida Andijon davlat texnika instituti professor-o‘qituvchilari uchun stajirovka va malaka oshirish dasturlarini yo‘lga qo‘yish masalasi ham atroflicha muhokama qilindi. Ushbu tashabbus o‘qituvchilarning malakasini oshirish, ilg‘or tajribalarni o‘rganish hamda ularni ta’lim jarayoniga joriy etish imkonini beradi.
Uchrashuv yakunida tomonlar o‘zaro hamkorlikni yanada mustahkamlash va kelgusida qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.