Andijon davlat texnika instituti delegatsiyasining Xitoy Xalq Respublikasidagi Chonqing Universitetiga tashrifi
-
Author:Matbuot
-
Date:
12-12-2025
-
Count:
 39
🎤Chonqing Universiteti Xitoy Xalq Respublikasining eng nufuzli oliy ta’lim muassasalaridan biri bo‘lib, QS xalqaro reytingida 500-o‘rin, mamlakat miqyosida esa 30-o‘rinni egallaydi.
✅Universitetning ilmiy salohiyati, zamonaviy infratuzilmasi va xalqaro hamkorlikdagi tajribasi uni mintaqadagi yetakchi ta’lim maskanlaridan biriga aylantirgan.
🎤Tashrif davomida ushbu universitet bilan uzoq muddatli va samarali hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.
🎤Xususan, Qurilish va Arxitektura yo‘nalishlarini rivojlantirish, o‘quv jarayoniga innovatsion metodlarni joriy etish hamda qo‘shma ilmiy-tadqiqot loyihalarini amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
🎤Kelgusida quyidagi yo‘nalishlarda hamkorlikni kengaytirish rejalashtirilmoqda:
✅Qo‘shma ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish va ikki diplomli dasturlarni yaratish;
🎓Talabalar almashuvi dasturlarini amalga oshirish orqali yoshlarning xalqaro tajriba orttirishiga sharoit yaratish;
📚Professor-o‘qituvchilarni qisqa va uzoq muddatli malaka oshirish kurslariga yuborish;
🎓Talabalar uchun amaliyot va stajirovkalarni Chonqing Universiteti hamda uning hamkor tashkilotlarida o‘tkazish imkoniyatlarini kengaytirish.
🤝Ushbu hamkorlik mamlakatimiz oliy ta’lim tizimini modernizatsiya qilish, ilg‘or texnologiyalarni o‘quv jarayoniga joriy etish, shuningdek, ilmiy va akademik salohiyatni oshirish uchun muhim qadam bo‘lib xizmat qiladi. Mazkur tashabbus ikki davlat o‘rtasidagi ilmiy-ta’limiy aloqalarni mustahkamlab, yosh kadrlarni tayyorlashda yuqori sifat ko‘rsatkichlariga erishishga zamin yaratadi.
✅Bizni kuzatishda davom eting!