Xitoyning Nanjing politexnika instituti institutining zamonaviy laboratoriyasiga ekskursiya tashkil etildi
-
Author:Matbuot
-
Date:
13-12-2025
-
Count:
 86
Xitoyning Nanjing politexnika instituti institutining zamonaviy laboratoriyasiga ekskursiya tashkil etildi
Xitoydagi yetakchi oliy ta’lim muassasasining zamonaviy ilmiy laboratoriyasi bilan tanishuv tashkillashtirildi.
Mazkur laboratoriya ilg‘or texnologiyalar, yuqori aniqlikdagi asbob-uskunalar hamda kuchli ilmiy infratuzilma bilan jihozlangan bo‘lib, ilmiy-tadqiqot faoliyatini samarali tashkil etishga xizmat qiladi.
Laboratoriyada avtomatika, sun’iy intellekt, kimyo, materialshunoslik va elektronika yo‘nalishlariga oid so‘nggi avlod asbob-uskunalari o‘rnatilgan.
Ushbu jihozlar innovatsion yechimlar yaratish, yangi materiallar va texnologiyalarni sinovdan o‘tkazish, shuningdek istiqbolli ilmiy loyihalarni amalga oshirish uchun keng imkoniyatlar yaratadi.
Shuningdek, laboratoriya talabalarning amaliy mashg‘ulotlari, ilmiy loyihalarda ishtiroki, xalqaro tajriba orttirishi va xorijiy mutaxassislar bilan hamkorlik qilishiga qulay sharoit yaratuvchi ilmiy baza sifatida ham e’tirof etiladi.
Nanjing politexnika instituti mazkur laboratoriyasi zamonaviy ilm-fan talablariga javob beradigan yuqori darajadagi ilmiy-tadqiqot infratuzilmasi va mutaxassislar salohiyatiga tayanib, xalqaro miqyosda raqobatbardosh kadrlar tayyorlashda muhim o‘rin egallaydi.