“Bizning institutimiz shaffofmi?” mavzusida trening o‘tkazildi
KQKB
Andijon davlat texnika instituti Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi tomonidan 2025-yil 25-mart kuni “Qurilish muhandisligi va arxitektura” fakulteti 1-bosqich talabalari bilan “Bizning institutimiz shaffofmi?” mavzusida trening o‘tkazildi.
Tadbir davomida yoshlarga korrupsiyaga qarshi kurashish va manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi qonunlar, ochiqlik va shaffoflikka oid Prezident Farmoni, oliy ta’lim tizimidagi komplaens tuzilmalari faoliyati, Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashi tomonidan tasdiqlangan “Korrupsiyaga qarshi ta’lim va yoshlarning imkoniyatlarini kengaytirish global resursi (GRASE) dasturining yo‘nalishlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Treningda fakultet dekani B.Sobirov, profilaktika noziri A.Umarov, institut psixologi M.Yusupov, dekan o‘rinbosari B.Ibragimov, tyutorlar I.Uzakbayev, Sh.Abdukasimova va F.Xasanovlar ishtirok etdilar.
👉https://web.andmiedu.uz✅
👉https://t.me/andmi_antikorr✅