Antikorrupsiya bilimdoni” nomli bilimlar bellashuvi bo‘lib o‘tdi.
-
Author:KQKB
-
Date:
23-12-2025
-
Count:
 124
9-dekabr Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash kuni munosabati bilan Andijon davlat texnika institutida “Antikorrupsiya bilimdoni” nomli bilimlar bellashuvi bo‘lib o‘tdi.
Bellashuvning asosiy maqsadi yoshlar orasida korrupsiyaga qarshi kurash madaniyatini yuksaltirish, halollik tamoyillarini targ‘ib etish va korrupsiyaning jamiyat rivojiga salbiy ta’sirini chuqurroq anglatishdan iborat bo‘ldi.
Tadbir doirasida talabalar tomonidan sahna ko‘rinishlari namoyish etildi. Ushbu ko‘rinishlarda korrupsiyaning oqibatlari, halollikning jamiyatdagi o‘rni hamda fuqarolik mas’uliyati badiiy tarzda yoritib berildi. Ishtirokchilar bilim sinovlari, savol-javoblar va ijodiy chiqishlar orqali o‘z bilim va ko‘nikmalarini namoyon etdilar.
Tadbir yakunida eng faol ishtirokchilar va g‘olib jamoalar institut rahbariyati tomonidan e’tirof etildi.
Mazkur bellashuv institutda korrupsiyaga qarshi targ‘ibotning samarali shakli bo‘lib, yoshlarni yuksak axloqiy qadriyatlar ruhida tarbiyalashga xizmat qildi.
✅Bizni kuzatishda davom eting!
📱Telegram (https://t.me/andtexnika) |📱 Facebook (http://www.fb.com/andtexnika) | 📱Instagram (https://www.instagram.com/andtexnika/) | 📱YouTube (http://www.youtube.com/@andtexnika)