9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash kuni ga bag'ishlangan tadbir
-
Author:KQKB
-
Date:
30-12-2025
-
Count:
 91
9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash kuni doirasida Andijon davlat texnika instituti Yengil sanoat va kimyo muhandisligi fakultetida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbir davomida korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan zamonaviy yondashuvlar, halollik tamoyillari va ta’lim muassasalarida shaffoflikni ta’minlashning muhim jihatlari haqida keng fikr-mulohazalar bildirildi.
Ishtirokchilarga korrupsiyaning jamiyat va iqtisodiyot rivojiga ko‘rsatadigan salbiy ta’sirlari, yoshlar ongida halollik madaniyatini shakllantirishning bugungi kundagi ahamiyati, shuningdek institut miqyosida amalga oshirilayotgan profilaktik chora-tadbirlar yuzasidan ma’ruzalar taqdim etildi. Tadbirda korrupsiyaga qarshi kurashishning huquqiy asoslari, “Halollik vaksinasi” dasturining mazmun-mohiyati va amaliy natijalari ham batafsil muhokama qilindi.
Ochiq muloqot shaklida o‘tgan mazkur uchrashuvda talabalar o‘z fikr va takliflarini bildirish, savollar berish va korrupsiyaga qarshi kurashishda faol pozitsiya egallash imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Tadbir halollik, mas’uliyat va huquqiy savodxonlikni mustahkamlashga qaratildi.