• +99874 223-43-67

info@astiedu.uz

Andijon davlat texnika instituti delegatsiyasining Turkiyaga rasmiy tashrifi

  • event
    Author:

    Matbuot

  • Date:

    23-01-2026

  • Count:

     96

blog

 

Andijon davlat texnika instituti delegatsiyasining Turkiyaga rasmiy tashrifi

2026-yil 22-yanvar kuni Andijon davlat texnika instituti rektori texnika fanlari doktori Umid Turdialiyev Muxtaraliyevich boshchiligidagi institut delegatsiyasi Turkiyaning Yalova Universitetiga rasmiy tashrif buyurdi.

Tashrif davomida universitetning o‘quv, ilmiy va innovatsion salohiyati bilan yaqindan tanishilib, Prof. Dr. Mehmet Bahçekapili rahbarligidagi jamoa bilan uzoq muddatli hamkorlik yo‘nalishlari muhokama qilindi. Uchrashuv yakunida ikki tomonlama hamkorlik memorandumi imzolandi.

Hamkorlik doirasida quyidagi yo‘nalishlarda ish olib borish rejalashtirildi:

Akademik almashinuv (Erasmus+, KA171, KA2 CBHE)

Ilmiy tadqiqotlar va grantlar (Horizon Europe, TÜBİTAK)

Qo‘shma seminar va konferensiyalar

Diplom va dissertatsiyalarga birgalikda ilmiy rahbarlik

Tashrif davomida institut delegatsiyasi Yalova Universitetining ilg‘or ilmiy laboratoriyalari — Robototexnika, Polimer va Materialshunoslik, hamda Energetika va Termodinamika laboratoriyalari faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Bu yerda amalga oshirilayotgan xalqaro grantlar va sanoat loyihalari katta qiziqish uyg‘otdi.

Mazkur tashrif ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash hamda ilmiy va ta’limiy rivojlanishga yangi imkoniyatlar yaratishda muhim qadam bo‘ldi.

Sayt haqida

Saytdagi ma'lumotlar uchun mualliflar javobgar. Har qanday foydalanish saytga ochiq havola ko‘rsatish sharti bilan ruxsat etiladi. Internet nashrlar ma'lumot ko‘chirganda, qidiruv tizimlari uchun erkin va ochiq havola qo‘yishi shart, havola qisman yoki to‘liq foydalanilganda ham ko‘rsatilishi lozim.