Institut Akademik litseyida manfaatlar to‘qnashuvi bo‘yicha so‘rovnoma o‘tkazildi
KQKB
Andijon davlat texnika institutida Vazirlikning 2025-yil 22-yanvardagi 02-23-24-son bilan qayd etilgan xatiga asosan Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tizimida korrupsiyaning oldini olishga oid savolnomalar oʻtkazish boʻyicha 2025-yilga moʻljallangan REJA-GRAFIKning 4.2-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida so‘rovnomalar olish tadbirlari davom etmoqda.
2025-yil 7-aprel kuni Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi tomonidan maxsus ishlab chiqilgan korrupsiyaga oid va manfaatlar to‘qnashuvining oldini olishga qaratilgan so‘rovnomada institut huzuridagi Akademik litseyning 34 nafar professor-o‘qituvchilar va xodimlar ishtirok etishdi.
👉https://web.andmiedu.uz✅
👉https://t.me/andmi_antikorr✅