• +99874 223-43-67

info@astiedu.uz

Andijon davlat texnika instituti delegatsiyasi Ozarbayjonda ilmiy stajirovkada!

  • event
    Author:

    Matbuot

  • Date:

    13-03-2026

  • Count:

     239

blog

Andijon davlat texnika instituti “Tillar va gumanitar fanlar” kafedrasi o‘qituvchilari Shaxlo Urunova , Laziza Yuldasheva ,Umida  Nizamova  va Gulnigor  Mamatkodirovalar Ozarbayjon Respublikasida ilmiy stajirovka dasturida ishtirok etdilar.


🔘 Stajirovkaning asosiy maqsadi ikki mamlakat oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida akademik hamkorlikni mustahkamlash, tajriba almashish va qo‘shma ilmiy loyihalarni amalga oshirish edi. Shu maqsadda, stajirovka davomida:

✅ Tashkiliy uchrashuvlar:
Ozarbayjon Davlat Iqtisodiyot Universiteti (UNEC), Ozarbayjon Texnika universiteti va Baku Davlat Universitetida xorijiy tillar kafedrasi mudirlari va professor-o‘qituvchilari bilan uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvlarda darsliklar, elektron resurslar va o‘quv-uslubiy hujjatlar almashinuvi hamda qo‘shma o‘quv qo‘llanmalar yaratish istiqbollari muhokama qilindi.

✅  Malaka oshirish va treninglar:

🔘 “Chet tillarni o‘qitishda zamonaviy yondashuvlar” bo‘yicha maxsus kurslarda ishtirok etildi.

🔘 Moodle va Google Classroom platformalarida interaktiv testlar va vazifalar yaratish metodikasi o‘rganildi.

🔘 CEFR talablari asosida darslarni tashkil etish, CLIL texnologiyasi va kommunikativ metodika bo‘yicha treninglar bo‘lib o‘tdi.

🔘 Masofaviy ta’limda Zoom va Microsoft Teams platformalaridan samarali foydalanish yo‘llari muhokama qilindi.

✅ Ochiq darslar va metodik tajriba almashish:

Shaxlo Urunova – “Chet tili o’qitishda raqamli texnologiyalardan foydalanish”

Laziza Yuldasheva  – “Ingliz tilini o‘qitishda zamonaviy pedagogik texnologiyalar”

Umida Nizamova  – “Ingliz tili o‘qitishda interaktiv multimedia vositalari”

Gulnigor Mamatkodirova  – “Chet tili o‘qitishda zamonaviy metodlar (CLIL texnologiyasi) samaradorligi”

🔘 Grant va ilmiy hamkorlik:

Erasmus+ va boshqa xalqaro dasturlarda ishtirok qilish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.

Shaxlo Urunova  rahbarligidagi “Robototexnika talabalari uchun CLIL yondashuvi asosida kasbiy ingliz tilini o‘qitishga mo‘ljallangan mobil va veb-ga asoslangan raqamli ta’lim muhitini yaratish” loyihasi taqdim etildi.

Scopus va Web of Science bazalarida hamkorlikda ilmiy maqolalar chop etish masalalari muhokama qilindi.

UNEC professori A. Aliyeva bilan Markaziy Osiyodagi turkiy tillarga oid solishtirma tadqiqotlar forumini tashkil etish rejasi ishlab chiqildi.

O‘tkazilgan ilmiy stajirovka davomida belgilangan barcha vazifalar to‘liq bajarildi, xorijiy tillarni o‘qitish metodikasi bo‘yicha ilg‘or tajribalar o‘rganildi va ikki mamlakat oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida mustahkam akademik aloqalar o‘rnatildi. Qo‘shma ilmiy loyihalar va nashrlar uchun aniq rejalar ishlab chiqildi, kelgusidagi hamkorlik istiqbollari belgilab olindi.

Sayt haqida

Saytdagi ma'lumotlar uchun mualliflar javobgar. Har qanday foydalanish saytga ochiq havola ko‘rsatish sharti bilan ruxsat etiladi. Internet nashrlar ma'lumot ko‘chirganda, qidiruv tizimlari uchun erkin va ochiq havola qo‘yishi shart, havola qisman yoki to‘liq foydalanilganda ham ko‘rsatilishi lozim.