Women in Tech® Uzbekistan
-
Author:Matbuot
-
Date:
17-03-2026
-
Count:
 165
Women in Tech® Uzbekistan
Institut talaba-qizlarini IT sohasiga keng jalb etish — ustuvor vazifa
Bugungi kunda raqamli iqtisodiyotning jadal rivojlanishi sharoitida axborot texnologiyalari sohasiga malakali kadrlarni tayyorlash muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ayniqsa, oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan talaba-qizlarni mazkur yo‘nalishga keng jalb etish dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Shu nuqtai nazardan, Women in Tech® Uzbekistan tashabbusi talaba-qizlar uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda.
Mazkur tashabbus doirasida institut talaba-qizlari uchun maxsus o‘quv dasturlari, amaliy treninglar, mahorat darslari hamda soha mutaxassislari bilan uchrashuvlar tashkil etilishi rejalashtirilgan. Ushbu jarayonlar orqali talaba-qizlarning dasturlash, sun’iy intellekt, kiberxavfsizlik kabi zamonaviy yo‘nalishlar bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish ko‘zda tutilgan.
Shuningdek, loyiha doirasida iqtidorli talaba-qizlarni aniqlash, ularni startap loyihalarga jalb etish hamda amaliy tajriba orttirishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratib berish muhim yo‘nalishlardan biri hisoblanadi. Bu esa o‘z navbatida, ularning kelgusida raqobatbardosh mutaxassis sifatida shakllanishiga xizmat qiladi.
Mazkur tashabbus orqali institut talaba-qizlarini IT sohasiga keng jalb etish, ularning ilmiy-innovatsion salohiyatini oshirish hamda zamonaviy kasblarni egallashiga ko‘maklashish maqsad qilingan.
Kelgusida ushbu yo‘nalishda amalga oshiriladigan ishlar ko‘lamini kengaytirish, barcha fakultet va yo‘nalishlardagi talaba-qizlarni qamrab olish rejalashtirilgan.
https://women-in-tech.org/uz/