• +99874 224-08-08 (1001)

info@astiedu.uz

Andijon davlat texnika institutida Yoshlar kuni munosabati bilan ochiq muloqot o‘tkazildi

  • event
    Author:

    Matbuot

  • Date:

    23-04-2026

  • Count:

     340

blog

🎓 Yoshlar – har qanday jamiyatning eng katta boyligi, mamlakat taraqqiyotining muhim tayanchi hisoblanadi. Shu bois yurtimizda yoshlarning ta’lim olishi, ilm-fan bilan shug‘ullanishi hamda o‘z salohiyatini namoyon etishi uchun keng imkoniyatlar yaratilmoqda. Ana shunday ezgu maqsadlar doirasida Yoshlar kuni munosabati bilan Andijon davlat texnika institutida talaba-yoshlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi.


🗣 Mazkur uchrashuvda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari O‘ktam Salomov ishtirok etib, talabalar bilan samimiy suhbat olib bordi. Davra suhbati davomida yoshlarning fikr-mulohazalari, taklif va tashabbuslari tinglandi. Talabalar tomonidan ta’lim jarayonini yanada takomillashtirish, ilmiy loyihalarni qo‘llab-quvvatlash, startap tashabbuslarini rivojlantirish hamda yoshlarning bandligini ta’minlash masalalari yuzasidan qator savollar va takliflar bildirildi.

🤔 Uchrashuv jarayonida so‘zga chiqqan vazir o‘rinbosari mamlakatimizda yoshlar siyosati ustuvor yo‘nalishlardan biri sifatida qaralayotganini alohida ta’kidladi. Xususan, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan yoshlar uchun keng imkoniyatlar yaratilayotgani, ularning ta’lim olishi, kasb-hunar egallashi va ilmiy izlanishlar olib borishi uchun zamonaviy sharoitlar barpo etilayotgani haqida so‘z yuritildi.

🗣 Shuningdek, uchrashuv davomida yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan muhim tashabbuslar, jumladan, “Kelajakka qadam” loyihasi haqida ham batafsil ma’lumot berildi. Mazkur loyiha yoshlarning iqtidorini ro‘yobga chiqarish, ularni innovatsion fikrlashga undash hamda ilm-fan va texnologiyalar sohasiga keng jalb etishda muhim platforma bo‘lib xizmat qilayotgani ta’kidlandi. Bunday loyihalar yoshlarning tashabbuskorligini oshirib, ularni jamiyat hayotida faol ishtirok etishga undaydi.


🤔 Muloqot davomida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni ilmiy-tadqiqot faoliyatiga jalb etish masalalari ham keng muhokama qilindi. Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan mutasaddilarga murojaat qilib, ta’lim tizimidagi yangiliklar, stipendiya va grant dasturlari, xorijiy tajribalarni o‘rganish imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumot oldilar.

🤔 Samimiy va ochiq ruhda o‘tgan uchrashuv talaba-yoshlar uchun nafaqat fikr almashish, balki o‘z tashabbuslarini ilgari surish, muammolariga yechim topish uchun muhim maydon bo‘ldi. Tadbir yakunida talabalar tomonidan bildirilgan takliflar kelgusida ta’lim jarayonini yanada takomillashtirish va yoshlar siyosatini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etishi qayd etildi.

🗣 Bunday uchrashuvlar yoshlar bilan davlat idoralari o‘rtasidagi muloqotni mustahkamlab, talaba-yoshlarning kelajakka bo‘lgan ishonchini yanada oshirishga xizmat qilishi shubhasiz.

Sayt haqida

Saytdagi ma'lumotlar uchun mualliflar javobgar. Har qanday foydalanish saytga ochiq havola ko‘rsatish sharti bilan ruxsat etiladi. Internet nashrlar ma'lumot ko‘chirganda, qidiruv tizimlari uchun erkin va ochiq havola qo‘yishi shart, havola qisman yoki to‘liq foydalanilganda ham ko‘rsatilishi lozim.