Yoshlar kuni munosabati bilan Andijon davlat texnika institutida “Bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi” o‘tkazildi
-
Author:Matbuot
-
Date:
23-04-2026
-
Count:
 228
Yoshlar bandligini ta’minlash, bitiruvchi talabalarni mehnat bozoriga tayyorlash hamda ularni ishlab chiqarish korxonalari faoliyati bilan yaqindan tanishtirish maqsadida Andijon davlat texnika institutida “Bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi” tashkil etildi.
🌀 Mazkur tadbir Yoshlar kuni munosabati bilan o‘tkazilib, unda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari O‘ktam Salomov ishtirok etdi.
🔛 Tadbir davomida yosh mutaxassislarni ish bilan ta’minlash, ularning kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda ishlab chiqarish korxonalari bilan samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Yarmarka doirasida talabalarga korxona va tashkilotlar faoliyati, mavjud bo‘sh ish o‘rinlari hamda mehnat sharoitlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
📊 Yarmarka “O‘zavtosanoat” aksiyadorlik jamiyati hamda qator davlat va nodavlat tashkilotlari hamkorligida tashkil etildi. Unda turli ishlab chiqarish korxonalari, xizmat ko‘rsatish tashkilotlari, tijorat banklari hamda boshqa muassasalar vakillari faol qatnashdi.
🗣 Tadbir jarayonida talabalarga nafaqat mavjud ish o‘rinlari, balki ishlab chiqarish korxonalarida amaliyot o‘tash imkoniyatlari, yosh mutaxassislar uchun yaratilayotgan qulay sharoitlar, kasbiy o‘sish istiqbollari haqida ham keng ma’lumotlar taqdim etildi. Talabalar esa korxona vakillari bilan bevosita muloqot qilib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.
📊 Mazkur mehnat yarmarkasi yoshlarni ish bilan ta’minlash, ularning kasbiy yo‘nalishini aniqlash hamda oliy ta’lim muassasalari va ishlab chiqarish korxonalari o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qildi.
🤔 Tadbir yakunida ko‘plab talabalar korxonalar bilan dastlabki kelishuvlarga erishib, kelajakdagi faoliyati uchun muhim imkoniyatlarga ega bo‘ldilar.