• +99874 224-08-08 (1001)

info@astiedu.uz

Andijon davlat texnika institutida Erasmus+ dasturining GREENDT loyihasi doirasidaa ichki trening tashkil etildi.

  • event
    Author:

    Matbuot

  • Date:

    05-05-2026

  • Count:

     206

blog

Andijon davlat texnika institutida Erasmus+ dasturining “GREENDT: Implementing Master’s Programs in Environmental Engineering through Sustainable Transition and Social Change” loyihasi doirasida “Atmosferaga chiqariladigan zararli moddalar” mavzusida ichki trening tashkil etildi.

🖇 Mazkur treningda institut professor-o‘qituvchilari, doktorantlar hamda talabalar faol ishtirok etdilar.

Trening davomida ishtirokchilarga atmosferaga chiqariladigan zararli moddalar, ularning asosiy manbalari, atrof-muhit va inson salomatligiga salbiy ta’siri haqida keng qamrovli ma’lumotlar taqdim etildi. Shu bilan birga, havo ifloslanishini monitoring qilish, baholash va uni kamaytirish bo‘yicha zamonaviy yondashuvlar ham batafsil yoritildi.

Ayniqsa, havo sifati monitoringining ilg‘or usullari hamda barqaror ekologik boshqaruv masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Trening yakunida ishtirokchilar o‘zaro fikr almashish, dolzarb ekologik muammolarni muhokama qilish hamda ekologik muhandislik yo‘nalishidagi bilim va ko‘nikmalarini yanada rivojlantirish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

Sayt haqida

Saytdagi ma'lumotlar uchun mualliflar javobgar. Har qanday foydalanish saytga ochiq havola ko‘rsatish sharti bilan ruxsat etiladi. Internet nashrlar ma'lumot ko‘chirganda, qidiruv tizimlari uchun erkin va ochiq havola qo‘yishi shart, havola qisman yoki to‘liq foydalanilganda ham ko‘rsatilishi lozim.