Grantlarining qayta taqsimoti bilan tanishing.
-
Author:Matbuot
-
Date:
15-05-2026
-
Count:
 126
#Talabaga_eslatma
Hurmatli talabalar!
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 10-martdagi “Oliy taʼlim tashkilotlarida talabalarga grantlarni taqdim etish va qayta taqsimlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 149-son qaroriga asosan, oliy taʼlim tashkilotlarida talabalarga grantlarni taqdim etish va qayta taqsimlash tartibi tasdiqlangan.
Joriy oʻquv yilida 1- va 2-bosqich talabalari ham ushbu jarayonlarda ishtirok etishini inobatga olib, barcha talabalarni akademik oʻzlashtirish koʻrsatkichlari hamda ijtimoiy faollik darajasini baholash mezonlari asosida tayyorgarlik jarayonlarini jadallashtirishga chaqirib qolamiz.
Andijon davlat texnika instituti bakalavriaturasida tahsil olayotgan talabalar uchun 2026/2027-oʻquv yilida taʼlim tili va kurslar kesimida toʻliq hamda toʻliq boʻlmagan taʼlim grantlarining qayta taqsimoti bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin:
🌐 https://astiedu.uz/news/221
Shuningdek, Andijon davlat texnika institutining magistratura mutaxassisliklari boʻyicha 2026/2027-oʻquv yiliga moʻljallangan toʻliq va toʻliq boʻlmagan taʼlim grantlari qayta taqsimoti haqida quyidagi havola orqali maʼlumot olishingiz mumkin:
🌐 https://astiedu.uz/news/222